mavzu)ni
aniqlash
- Mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash
- Bildirilayotgan g‘oyalarning ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va
ularni yozib olish
- Qog‘oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv taxtasiga osib
qo‘yish
- Bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash
- Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g‘oya)lar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning
bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik
- Yangi g‘oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to‘g‘ri yechimini
e’lon qilishga shoshilmaslik
- O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g‘oya baholanmaydi
- O‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay
muhit yaratiladi
- G‘oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi.
Boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi
fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning
o‘quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Dars jarayonida "Aqliy hujum" metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish
talab etiladi:
1. O‘quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni
bildirishlariga erishish.
2. Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi. Bildirilgan
fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi
fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi.
3. Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikrlariga asosla-nishi va ularni o‘zgartirishi mumkin.
Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy
asoslangan fikrlarning shakl-lanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular
tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib
borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar
ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo bo‘yicha
keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan
voz kechish maqsadga muvofiqdir.
"Klaster" metodi
Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli
bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy
fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil
g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab
etadi. "Klaster" metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish
inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod
muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash
faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat kiladi.
Stal va Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chikilgan "Klaster" metodi puxta o‘ylangan strategiya
bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar
jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayogan mashg‘ulotlarda
o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari
surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
"Qarorlar shajarasi"
("Qarorlar qabul qilish texnologiyasi") metodi
66
"Qarorlar shajarasi" metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni
o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan
xulosalarga kelish; bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul
hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu metod shuningdek, avvalgi
vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal
tushunishga xizmat qiladi.
Guruh yoki sinf o‘quvchilari ishtirokida qo‘llaniladigan "Qarorlar shajarasi" bir necha o‘n
nafar o‘quvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini
beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona
qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant,
ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi.
"Qarorlar shajarasi" metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror
muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun
plakatlarni tayyorlaydi.
2. O‘qituvchi o‘quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi.
Muammoning hal etilishi bu borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt
belgilanadi.
3. Qarorni qabul qilish jarayonida Guruhlarning har bir a’zosi tomonidan bildirilayotgan
variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir
variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni
ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to‘xtamga kelib oladilar;
4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a’zolari o‘z guruhi
qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o‘qituvchi rahbarligida barcha o‘quvchilar
bildirilgan xulosa (qaror) larni bir-biri bilan qiyoslaydilar.
Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug‘ilgudek bo‘lsa, ularga javoblar
qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo
yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini izohlaydi.
"Qarorlar shajarasi" metodining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, bu metod bevosita
ma’lum loyiha asosida qo‘llaniladi. Mazkur loyiha quyidagi ko‘rinishga ega:
"Tajriba vositasida o‘qitish tsikli" (D.Kolb g‘oyasi) Mazkur metod quyidagi to‘rt omil
asosiga quriladi:
,,Tajriba vositasida o‘qitish sikli“ metodining asosiy omillari
Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g‘oya) ga asoslanadi. Chunonchi:
1) o‘quvchilar uchun mashq (topshiriq)lar mazmunini tanqidiy o‘rganish va ular ustida fikr
yuritish imkonini beruvchi sharoitni yaratish (reflektiv kuzatish);
2) o‘quvchilarga zarur nazariy bilimlarni berish;
Reflektiv
kuzatish
Faol tajriba olib
borishga
tayyorlanish
Tajriba
vositasida
o‘qitish sikli
Abstrakt
xulosalash
(kontseptualla
sh)
Aniq tajriba
o‘tkazish
kuzatish
67
3)muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosalash uchun sharoit
yaratish (abstrakt xulosalash (kontseptuallash));
4) o‘quvchilarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim
bo‘lgan mashq (topshiriq)larni ishlab chiqish imkonini berish (faol tajriba olib borishga
tayyorlanish);
5)yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkaz va faoliyatda undan foydalanish (aniq tajriba
o‘tkazish).
“Beshinchisi (oltinchisi,yettinchisi, ...) ortiqcha“ metodi
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod
alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini
shakllantirish;
- hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita,...) va taalluqli
bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
- o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish
vazifasi ni topshirish;
- o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash
maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda
ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsata va
asoslay olish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay olish, shuningdek,
tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham
shakllantiradi.
"3/3" ("4/4", "5/5",...) metodi
Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib,
o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish,
shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko‘ra o‘qituvchi
mavzu (bo‘lim, bob) yuzasidan uchta (to‘rtta, beshta va hokazo) to‘g‘ri va unga teng nisbatda
(uchta, to‘rtta, beshta) bo‘lgan va noo‘rin qo‘llanilgan tushunchalar (suratlar, belgilar, tasvirlar va
boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. O‘quvchilar ushbu tizimdan mavzu (bo‘lim, bob)ga
taalluqli bo‘lmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
- o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘lmagan asosiy
tushunchalar tizimi yaratadi;
- o‘quvchilar mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarni
aniqlaydilar va dahldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
- o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar;
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta
o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maksadida foydalanish mumkin.
"Rasmlarni to‘g‘ri joylashtir" metodi
Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda
yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi
(har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan
harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi;
- har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmuasi toshiriladi va kartochkalarni
ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
- guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi
va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.
Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yakuniy jarayonda kartochkalar
orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohiyatini yorituvchi "yadro" tuguncha hosil bo‘ladi.
68
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quvchilarda mavzuni
muayyan qismlarga bo‘lib o‘rganish va qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liklik hamda aloqadorlikni
analiz va sintez asosida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
"Zakovatli zukko" metodi
Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda o‘quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish
layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. "Zakovatli zukko" metodi o‘quvchilarda tezkor
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam
beradi. Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan
o‘quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa
muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra
har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha
arifmetik qiymatini topish asosida o‘quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi.
Ballarning belgilanishi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga
ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Metod o‘quvchilar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek
qo‘llanilishi mumkin.
"Bilaman. Bilishni xoxlayman. Bilib oldim" metodi
Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish
imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash
mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat
tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:
1) har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni
bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha
umumlashtiriladi;
2) guruhdar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqlarni bajaradi.
O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema
asosida tashkil etiladi:
Bilaman
Bilishni
xoxlayman
Bilib
oldim
Metoddan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi, ya’ni:
1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik
darajalari aniqlanadi.
2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari
o‘rganiladi.
3. O‘quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.
Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tafsiloti quyidagicha:
Sinf o‘quvchilari guruhlarga birlashtiriladilar;
- o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi;
- o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;
- o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari
o‘rganiladi;
- o‘quvchilarning ehgiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib
qo‘yiladi;
- o‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni xabardor qiladi;
o‘quvchilar o‘zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
- bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning Z-bandiga yozib qo‘yiladi;
Mashg‘ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi.
"Ven diagrammasi" strategiyasi (metodi)
69
Ushbu strategiya o‘quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar
negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga
yo‘naltiriladi. Strategiya kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka quyidagi sxema
chiziladi:
Strategiya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlar
yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu strategiyadan muayyan bo‘lim yoki
boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
Strategiyani qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
- sinf o‘quvchilari to‘rt guruhga bo‘linadi; yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini
aks ettiruvchi sxema chiziladi;
- har bir guruhga o‘zlashtirilayotgan mavzu (bo‘lim, bob) yuzasidan alohida topshiriqlar
beriladi; topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi; liderlar guruh a’zolari
tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to‘ldiradilar.
"Insert" strategiyasi
Strategiya o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning
muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategiyani qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar
amalga oshiriladi:
- Kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi;
- har bir guruhdan o‘zlashtirilish rejalashtirilayotgan mavzuga oid ikkita fikr bildirish
so‘raladi;
- o‘quvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar;
- bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi;
- so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi;
- guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay
darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshash va farqlar maxsus vositalar yordamida qayd
etiladn);
- guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi;
- guruh a’zolari orasidan liderlar belgnlanadi;
- liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar;
- guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Rolli hamda ishbop o‘yinlar
Ayni vaqtda ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o‘yinlardan samarali foydalanishga
e’tibor berilmoqda. O‘yin chog‘ida mahsuldor emas, balki jarayonli faoliyat tashkil etilganligi bois
o‘quvchilar tasviriy vaziyatlarni yaratish asosida o‘zlarining atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarini
tabiiy namoyon eta oladilar. O‘yinli faol faoliyat esa ularning ijodiy imkoniyatlarini oshirib,
tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va
malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar
jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi.
O‘yin texnologiyalari ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarda faollikni yuzaga
keltirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, vaqtni qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga
yordam beradi.
O‘yin jarayonida namoyon bo‘luvchi psixologik xususiyatlar har o‘quvchiga shaxsiy
imkoniyatlarini namoyish eta olish imkonini beradi, ularning ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnini
barqarorlashtiradi, ularda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
1
2
3
70
O‘yin texnologiyalari nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarning
malakalarga aylanishini ta’minlab qolmay, o‘quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham
tarbiyalaydi.
Pedagog va psixolog olimlar - D.N.Uznadze, L.S.Vo‘gotskiy, A.N.Leontev, S.A.SHmakov,
G.K.Selevko, PL.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va bosh-qalar o‘yinga asoslanuvchi
faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida ta-dqiqot ishlarini
olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz.
Dostları ilə paylaş: |