Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
Yangi majmua

2. Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi to‘grisida»gi 
Qarorida: «... ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, 
elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish...» bilan bir qatorda «... o‘qituvchilar 
va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni 
yanada rivojlantirish...» qat’iy vazifalardan biri qilib belgilangan. 
Chunki maktablarimizning moddiy bazasi keng rivojlantirilishi, darsliklar, ta’lim standartlari 
va o‘quv dasturlari modernizatsiya qilinishi bilan bir qatorda o‘qituvchining kasbiy tayyorgariigi, 
mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedtexnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qoMlay olishi 
ham juda muhimdir. U o‘quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash ko‘nikma, malakalarini 
hosil qila olishi ham zarur. 
Takomillashtirilgan 
standartlar, 
yangi o‘quv dasturlari boshlang‘ich sinflardanoq 
o‘quvchini erkin fikr yuritish orqali muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirishga, so‘z 
boyliklarini oshirishga, o‘qish texnikasini yaxshi egallashga, chiroyli va savodli yozish 
ko‘nikmasini hosil qilishga, nutq madaniyatini yuksaltirishga e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. 
Shu bois ham ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, liberafizatsiya qilish (erkinlashtirish) 
demokratizatsiyalashtirish, bolaga samimiy va do‘stona munosabatda bo‘lish, hamkorlik va 
hamijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o‘quv jarayoni markazida 
o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turmog‘i lozim. O‘quv jarayoni o‘quvchi shaxsi, uning 
ma’naviyatiga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda. 
Shuni e’tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim o‘quvchinlng o‘quv-biluv 
mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro‘yobga 
chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy 
fikrlashga o‘rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida (motivatsiya) ish 
yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olishga 
yo‘llash, o‘z-o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. 
Endi interfaol ta’lim nima va u nimani anglatadi, degan savolga javob beramiz: 
Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga
oshiriladi. Interaktiv ingliz so‘zidan olingan bo‘lib, «Interakt», ya’ni, Inter - bu «o‘zaro», «akt» - 
harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini bildiradi. 
Endi interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari haqida fikr 
yuritamiz. Interfaol metod — ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni 
oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy 
sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini 
oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv 
materialini erkin bayon etish, mustaqil o‘qish, o‘rganish, seminarlar o‘tkazish, o‘quvchilarni 
tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib 
ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. 
Interfaollik bu — o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bunda o‘quv-biluv jarayoni o‘zaro suhbat 
tariqasida, dialog shakida (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi o‘quvchilaming o‘zaro muloqotlari 
asosida kechadi. Interfaollik - o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-
o‘quvchi (sub’yekt-sub’yekt) suhbatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - 
o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr 
yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday 


71 
darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan, 
ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro fikr 
almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona 
munosabatlar shakllanadi. 
Interfaol ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, 
topish) suhbat dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali 
kreativ-ijodkorlik 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin