9
edi. Talabaning dars mashgʻulotlarini qoldirishiga jiddiy talafot sifatida qaralib, bir
semestrda 30 soatdan oshsa ogohlantirish, 74 soatdan oshsa, talabalik
safidan chiqarishgacha
borilardi. Talabaga ushbu fan va oʻqituvchi yoqadimi-yoqmaydimi, berilayotgan bilimlar
almisoqdan qolib ketganmi-ketmaganmi, auditoriyada oʻtirishi shart edi.
Xullas, anʼanaviy tizimda talaba kelajakda
qanday bilimlarni egallashi, qanaqa
professor-oʻqituvchilar dars berishi, yoʻnalish profili, fanlarning qisqacha mazmuni boʻyicha
hech qanday material taqdim etilmasdi.
Vaholanki, rivojlangan xorijiy davlatlarning barcha OTMda taʼlim yoʻnalishi va
mutaxassisliklar toʻgʻrisidagi hamma maʼlumotlar, xususan, oʻquv rejasida aks etgan
fanlarning qisqacha sillabusi (fanning
identifikatsiyasi, professor-oʻqituvchi haqida
maʼlumot, dars tavsifi, fanning maqsadi, oʻrganish
natijalari, oʻqitish metodikasi, fanning
rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi), fanlar kesimida dars mashgʻulotlarini olib
boradigan professor-oʻqituvchilar hamda
ularning erishgan yutuqlari, mehnat bozorida
mutaxassisga qoʻyilgan qisqacha talablar, yaʼni qanday nazariy, amaliy bilim, koʻnikma va
kasbiy malakaga ega boʻlishi bilan bogʻliq maʼlumotlar universitetlarning rasmiy veb-
saytida ochiq-oydin eʼlon qilingan boʻladi. Ayni paytda,
ming afsuski, abituriyentlar
universitetlarimiz saytlarida ushbu maʼlumotlarni topishga qiynalishadi. Bu boʻyicha ham
madaniyatni shakllantirish vaqti esa allaqachon kelgan.
Dostları ilə paylaş: