Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Yangi tizimga oʻtilsa, qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi?



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
Yangi majmua

Yangi tizimga oʻtilsa, qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi?
Mazkur tizimning oliy taʼlimga joriy qilinishi oʻqitish sifatini oshirish, shaffoflikni 
taʼminlash, korrupsiyaga barham berish, taʼlim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga 
chiqarish hamda talabaning mustaqil oʻqib-oʻrganib, oʻz ustida ishlashiga zamin yaratadi. 
Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi koʻhna qitʼaning deyarli barcha oliy oʻquv yurtida 
amaliyotga joriy etilgan. 
Kredit-modul tizimining joriy etilishi oʻqituvchi va talabaning hamkorlikda 
ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli taʼlimda pedagog tinglovchining oʻzlashtirish 
jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yoʻnaltirilgan 
obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urgʻu ham talabalarning mustaqil taʼlim 
olishiga qaratiladi. 
Oʻquv jarayonida mustaqil taʼlim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda 
mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib 
keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim oʻqituvchi va kursdoshlaridan 
yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa oʻzaro hamjihatlikni 
mustahkamlaydi va jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Kredit-modul oʻqitish tizimiga oʻtish oliy oʻquv yurti professor-oʻqituvchilariga 
boʻlgan majburiyat hamda talabni ham oshiradi. Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, modulli 
oʻqitish tizimi bilan oʻqituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarini, 
balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Pedagogik 
jarayonda oʻqituvchining yetakchilik roli saqlab qolinadi. 
Taʼlimning kredit tizimi talabalar almashinuvini oshiradi. Chunki bitta 
universitetda olingan kreditlar ikkinchisida hisobga olinadi va talabalar kredit yoʻqotmasdan 
bir universitetdan boshqasiga oʻtishi mumkin. Aynan ushbu tizim oʻzbekistonlik 
talabalarning ilgʻor xorijiy universitetlarda oʻqishini davom ettirishiga hamda murakkab 
byurokratik toʻsiqlarni olib tashlashga imkoniyat yaratadi. 
Ammo shuni ham qayd etish lozimki, har qanday xalqaro tajribani koʻr-koʻrona, 
oʻz qadriyatlarimizni hisobga olmasdan turib, toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq etish, uning har bir 
elementini chuqur tahlil qilmasdan, ilmiy asoslarga tayanmagan holda amalga oshirilsa, 
kelajakda maʼlum bir salbiy holatlarning yuzaga kelishini ham unutmaslik kerak. 
Yaʼni ushbu tizim bizning dunyoqarashimiz, shart-sharoit, barkamol insonni 
voyaga yetkazishga qaratilgan qadriyatlarimizga toʻla-toʻkis mos keladi degani ham emas. 
Shu sababli, oʻquv jarayonining faol elementlari hisoblanmish professor-oʻqituvchi va 
talabaning ham bu boradagi qarashlarini oʻzgartirishimiz, mazkur tizim talablarini ularga 
singdirishimiz, oʻziga xos madaniyatni shakllantirishimiz darkor. 
Zero mehnat bozori talabiga mos kadrlarni tayyorlamas ekanmiz, raqobatda oʻz 
oʻrnimizni, mavqeimizni yoʻqotishimiz muqarrar ekanligini his qilishimiz lozim. Ammo 
oldimizda bundan yaxshiroq yoʻl ham, tanlov ham yoʻq. Nega deganda barcha rivojlangan 


11 
mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalari ushbu yoʻldan yurib, yuqori natijalarni qoʻlga 
kiritmoqda. 
Anʼanaviy oliy taʼlim tizimimiz dunyoda tan olinmaganidan keyin, biz ilgʻor 
standart va tizimlarni oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etishga majburmiz. Shunday ekan
yangilikka intilish, oliy taʼlim tizimini tubdan qayta isloh qilish boʻyicha boshlangan 
harakatlarni davom ettirish har tomonlama toʻgʻri qarordir. 
Mavzu yuzasidan savollar. 
1.
Kredit modul tizimining kelib chiqish nazariy va tarixiy asoslari qanday shakllandi ? 
2.
Kredit modul tizimi nima va uning afzalliklari nimalardan iborat? 
3.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalarini yoritib bering? 
4.
Oldingi ta’lim tizimi va kredit- modul tizimining ahamiyatini misollar yordamida asoslab 
bering? 
5.
Yangi tizim qanday qulayliklarni taqdim etdi? 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin