Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   111
Yangi majmua

 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik)Toshkent. . “Turon-
Iqbol” 2016 yil 426 b.
 
2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi.
(OO‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2015 yil.
3. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (O 
O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2018 yil 242 b.
 
4. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini 
tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 20 b. 
5.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika 
prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5. 
https://lex.uz/docs/-5193564
 
6. antiplag.uz 
Masofaviy o‘qitish.
“Masofaviy o‘qitish” atamasi yuqorida aytilganlarning eng birinchi 
bo‘g‘ini 
bo‘lib, 
Viskonsin 
shtati universiteti tomonidan 
1892-yildan 
boshlab 
sirtqi 
(korrespondentlik) kurslarda qo‘llanilgan. Masofaviy deb, masofadan turib tashkil qilingan ta’lim 
tushunilgan. Unga “korrespondentlik o‘qitish”, “uyda o‘qish” va boshqalar sinonim hisoblangan. 
Xorijiy davlatlarda masofaviy o‘qitish bo‘yicha bir qator muassasalar va olimlar tomonidan 
izlanishlar olib borilgan va masofaviy o‘qitish haqida turlicha fikrlarni bildirishgan. 
Amerikaning masofaviy o‘qitish assotsiatsiyasi mutaxassislari (The United States Distance 
Learning Association - USDLA) masofaviy o‘qitish deganda, ta’lim oluvchi va tyutorning turli 
geografik makonda bo‘lganlari holda, o‘quv jarayonini tashkil etish uchun elektron vositalar va 
nashr qilingan qo‘llanmalardan foydalanib o‘qitishni tushunishgan. 
Masofaviy o‘qitish sohasi bo‘yicha xorijlik mutaxassislardan biri “distance education” 
atamasini tushuntirish borasida masofaviy o‘qitish jarayonining ikki asosiy belgisini ko‘rsatadi: 
ta’lim berishning nashr shaklida va video yoki audio-yozma usulda bo‘lishini, shu bilan birga, 


13 
kommunikatsiyaning tashkil etilishi masofadan turib turli xil zamonaviy texnika vositalari bilan 
aloqa qilish ekanini ta’kidlaydi.
Shuningdek, MDH davlatlari olimlari va yetakchi mutaxassislari A. A. Andreyev, Ye. S. Polat, 
A. M. Bershadskiy, V. M. Monaxov, V. A. Slastenin, V. P. Tixomirov, I. K. Shalayev, A. V. 
Xutorskiy, M. V. Moiseyeva kabi mutaxassislar tomonidan masofaviy o‘qitish tushunchasi va u 
bilan bog‘liq boshqa atamalar keng tahlil qilingan. 
Ye. S. Polat masofaviy o‘qitishni tyutor va ta’lim oluvchilarning hamda ta’lim oluvchilarning 
bir-birlari bilan o‘zaro faoliyatlari masofaviy amalga oshiriladigan va internet-texnologiyalar yoki 
boshqa interfaol texnologiyalarga xos maxsus vositalar orqali amalga oshiriladigan o‘quv 
jarayoniga xos bo‘lgan barcha komponentlarni (maqsadlar, mazmun, metodlar, tashkiliy shakllar, 
ta'lim vositalari)ni aks ettiradigan mustaqil ta’lim shakli sifatida ta’kidlaydi. 
A. A. Andreyev turli ta’riflarni tahlil qilib, masofaviy o‘qitish ta’lim beruvchilar va ta’lim 
oluvchilarning o‘zaro va ta’lim vositalari bilan birgalikdagi faoliyati ularning makon va zamonda 
joylashishlariga invariant bo‘lgan o‘ziga xos maxsus didaktik tizimda amalga oshiriladigan interfaol 
faoliyatlarining maqsadga yo‘naltirilgan, tashkil qilingan jarayoni, degan xulosaga keladi. 
Eydos Markazi mutaxassislari A. V. Xutorskiy va boshqalar masofaviy o‘qitish tushunchasini 
shunday talqin qilishadi: o‘qitish subyektlari (ta’lim oluvchilar, pedagoglar, tyutorlar va boshqalar) 
makon va vaqt bo‘yicha bir-biridan uzoqda turib telekommunikatsiya vositalari yordamida umumiy 
o‘quv jarayonini amalga oshiradi.
MESI mutaxassislari V. P. Tixomirov va boshqalar tomonidan masofaviy o‘qitish deganda 
shunday ta’lim texnologiyasi tushuniladiki, bunda tyutor va ta’lim oluvchi turli joylarda joylashgan 
bo‘ladi hamda o‘qitish vositasi sifatida keys-texnologiya, TV-texnologiya va tarmoq 
texnologiyalaridan foydalaniladi. 
M. V. Moiseyevaning ishida masofaviy o‘qitish sirtdan o‘qishning bir turi, ya’ni kompyuter 
telekommunikatsiyalari, zamonaviy yangi axborot texnologiyalari vositalaridan maksimal darajada 
foydalanish va o‘quv jarayonining barcha qatnashuvchilari orasida faol axborot almashish nazarda 
tutilishi kerakligi tushuntiriladi.
Mazkur fikrlarni umumlashtirilgan holda mutaxassislar masofaviy o‘qitishni tyutor bilan ta’lim 
oluvchilar orasidagi munosabatlar masofadan turib amalga oshiriladigan va o‘quv jarayoniga xos 
bo‘lgan internet texnologiyalarining spetsifik vositalari yoki interfaollikni ko‘zda tutadigan boshqa 
vositalar bilan amalga oshiriladigan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, shakl, 
vositalari)ni o‘zida aks ettiradigan ta’lim shakli sifatida ta’kidlaydi. 


14 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin