часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
791
Islom davrigacha bo’lgan davr johiliya (arabcha Jahula-bilmaslikdir) deb ataladi. Bu
davrda turli arab qabilalari ko’pgina but-sanamlarga topinishgan ya’ni ko’pxudolikka
e’tiqod qilishgan. Sanamlarni ko’pligi tez-tez arab qabilalari o’rtasida ixtiloflar keltirib
chiqargan, shuningdek aholi o’rtasida qizlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va boshqa
buzuqliklar keng tarqalgan edi.
Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy
anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan
yuborilgan oxirgi taʼlimot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar
ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh
odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini
buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga
oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi.
Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga
sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u
dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga
koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon
keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohimga nozil boʻlgan din.
Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun
mazmuni Allohning vahiy qilgan dalolati deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod
talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taʼqiqlari Qurʼon bilan birga uning
tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, VIII-XII-asrlarda
vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini
topgan.
Qur’on- 23 yil mobaynida nozil qilingan 114 sura 6236 ta oyatdan iborat Hazrati
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) davrida kitobga jamlanadi.
Qur’oni Karimda 25 payg’ambarning nomi zikr etilgan. Diniy ta’limotga ko’ra hech
kim payg’ambarlikka o’z bilimi, o’qib o’rganishi, yoki niyati bilan erisha olmaydi.
Payg’ambarlik - olloh o’zi suygan bandasiga in’om etiladigan ehsondir.
Islom ta’limotining asosini iymon, islom va ehson tashkil etadi. Iymon 7 aqidaga
asoslanadi. Bular:
1) Ollohga; 2) Farishtalarga; 3) Muqaddas kitoblarga; 4)Payg’ambarlarga; 5)
Oxiratga; 6)Taqdirga;7) O’lgandan keyin tirilishga ishonishdir. Barcha 7 aqida to’laligicha
imoni mufassal deb ataladi.
Shuningdek islomda “Islom arkonlari” degan tushuncha ham mavjud. U 5 ta asosiy
narsani- diniy marosim talablarini o’z ichiga oladi. Bular:
1. Kalimai shahodat
2. Namoz o’qish
3. Ro’za tutish
4. Zakot berish
5. Haj qilish