часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
792
Bu 5 ta asosiy farzlardan tashqari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi
muhim marosimlar ham mavjud.
Boshqa dinlarda bo’lganidek islomda ham diniy bayramlar mavjud. Bularning
asosiylari-Ro’za hayiti, qurbon hayiti va Movlud ( Muhammad payg’ambar tug’ilgan
kun)dir.
Ramazon islom olamida muqaddas oylardan sanaladi. Zikr qilinishicha Hadisi
sharifda bu haqda “ Bu ummatim oyi, bunda yuz bergan gunohlar kechiriladi ” deyiladi
Ramazon hayiti hijriy oylarning uchinchisi hisoblanmish shavval oyining birinchi
kuni nishonlanadi. Ramazon oyida 30 kun ro’za tutgan musulmonlar zimmalariga
yuklatilgan farz amalini sog’ salolmat ado etib tugatganliklari munosabati bilan
xursandchilik izhor etish demakdir.
Qurbon hayiti zulhijja oyining 10-kuni nishonlanadi. Bu kunda qurbonlik qilinadi.
Qurbonlik ollohga yaqin bo’lish uchun uning yo’lida qurbonlik kunlari biror jonliq so’yishdir.
“ Bu nomning atalish sababi Ibrohim alayhissalomning Ollohning amri bilan o’g’illari
Ismoilni qurbonlik qilishga kirishgan paytda, Tangri bir qo’chqor yuborib o’g’li o’rniga uni
qurbonlik qilishga buyurgan”,- deyiladi. Bu haqda qur’onda ham aniq xabarlar berilgan. Shu
bois hajga borganlar, boy-badavlat musulmonlar zimmasiga qurbon hayiti kunlari jonliq
so’yib qurbonlik qilish vojib qilingan.
Islomning muqaddas manbaalari hadislar, buyuk muhaddislar hisoblanadi.
Qur’oni Karim Islom dinining asosiy ilohiy, muqaddas kitobidir. Islom dinida
aytilishicha Qur’on Allohning kalomi (kalomulloh) bo’lib, uning har bir kalomi Alloh
tarafidan so’zma-so’z nozil etilgan va Jabroil alayhissalom orqali payg’ambarga yetkazilgan.
Alloh taolo tarafidan oxirgi payg’ambar Muhammad alayhissalomga yuborilgan bu so’nggi
kitob to qiyomat-qoyim bo’lgunga qadar, insonlar orasida abadiyan amal qiladi deyiladi.
Islomda aytilishicha Qur’oni Karim va Islom dini muayyan qabila, xalq, elatlarga
yuborilgan bo’lmay, balki butun bashariyatga, yer yuzidagi barcha xalqlarga nozil etilgan.
Qur’onning nozil qilinishi-vahiy qilib yuborilishi muqaddas ramazon oyining yigirma
yettinchi kuni kechasi boshlangan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, ro’za
tutilgan kunning yigirma yettinchi kechasi “Laylat ul-Qadr”, ya’ni qudrat kechasi, ilohiy
qudrat namoyon bo’lgan tabarruk kecha deb ulug’lanadi.
Qur’ondaa aytilishicha Islom aqidalari, e’tiqod talablari, xuquq va axloq me’yorlari,
inson uchun foydali bo’lgan, har bir zamonga to’g’ri keladigan va qiyomatgacha
o’zgarmaydigan hikmatli hukmlar yozilgandir. Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi
bashariyat tafakkurida ko’p xudolikka barham berish, yakka xudolikka targ’ib qilish va Islom
dinini o’rnatishdir.
Islomning asosiy aqidasi — „Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning
rasuli”. Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, VIII-asrda Arab xalifaligida vujudga
kelgan.
Islom dini bugungi kunda dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri bo’lib, 172
mamlakatning 1,5 mlrd dan ortiq aholisi unga e’tiqod qiladi.