www.ziyouz.com kutubxonasi
138
qolmasdim».
Shaqiq Balxiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Ilmimdan to‘rt ming
hadis chiqardim, to‘rt ming hadisdan to‘rt yuztasini chiqardim va to‘rt yuztasidan
qirqtasini chiqardim va qirqtasidan to‘rttasini chiqardim.
Bu to‘rttasi ushbulardir:
Birinchisi, qalbingni xotiningga bog‘lama. Chunki u bugan seniki bo‘lsa, ertaga
boshqaniki bo‘lishi mumkin. Agar unga itoat qilsang, do‘zaxga kirgizadi.
Ikkinchisi, qalbangni molingga bog‘lama. Chunki mol yalang‘ochdir. Bugun seniki bo‘lsa,
ertaga boshqanikidir. Agar molga qalbing bilan bog‘lansang, Allohning haqqidan man’
qilib qo‘yadi. Va senga faqirlik qo‘rqinchi kiradi va shaytonga ishoat qilasan.
Uchinchisi, qalbingda to‘planib qolgan narsalarni tashlagin. Chunki mo‘minning qalbi
shohid o‘rnidir. Shubha oldida iztirob chekadi. Haromdan qochadi va halollik oldida
turadi.
To‘rtinchisi, javobini yechmaguncha, bir narsaga amal qilmagin».
282. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar «Dunyoda go‘yoki g‘arib bo‘lgin yoki yo‘ldan o‘tuvchi
(o‘tkinchi) bo‘lgin va o‘zingni ahli quburlardan sanagin».
Mujohid aytdi: Abulloh ibn Umar menga dedi: «Agar tong ottirsang, nafsingga
kechqurungacha yashayman demagin, agar kechasida bo‘lsang, nafsingga ertalabgacha
yashayman demagin. Kasal bo‘lmasingdan oldin sog‘ligingni g‘animat bilgin. Albatta, sen
ertaga isming nima ekanligini bilmaysan (o‘limmi yo hayotmi)».
Faqih aytadi: Kim orzularni kamaytirsa, qisqa qilsa, Alloh taolo to‘rt xil karomatlar bilan
hurmat qiladi;
Birinchisi, toatda kuchli qiladi. Chunki banda yaqinda o‘limini bilsa, unga yuzlanadigan
noxush narsalarga ahamiyat bermaydi. Toatlarda ko‘p harakat qiladi va amallarni
ko‘paytiradi.
Ikkinchisi, g‘amlarini kamaytiradi, chunki yaqinda o‘li-shini bilsa, ro‘baro‘ kelgan
karohiyatlarni o‘lim sanamaydi.
Uchinchisi, ozi bilan rozi bo‘ladi. Chunki yaqinda o‘limini bilsa, ko‘p narsani talab
qilmaydi. Uning g‘ami faqat oxirat g‘ami bo‘ladi.
To‘rtinchisi, uning qalbini nurli qiladi.
Aytildi: «Qalbing nuri to‘rt narsadir:
Birinchisi, och qorin (ro‘za). Ikkinchisi, solih do‘st. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni eslash.
To‘rtinchisi, qisqa orzu. Albatta, kimki orzuni ko‘p qilsa, to‘rt narsa bilan azoblanadi.
Birinchisi, itoatlardan dangasa bo‘ladi. Ikkinchisi, dunyoda g‘amlari ko‘payadi.
Uchinchisi, mol yig‘ishga haris bo‘ladi. To‘rtinchisi, qalbi qattiq bo‘ladi.
Qalbning qattiq bo‘lishi to‘rt narsadan: Birinchisi, to‘lib qolgan qorin. Ikkinchisi, yomon
do‘stning suhbati. Uchinchisi, o‘tgan gunohlarni unutish. To‘rtinchisi, uzun orzular».
Musulmon kishi orzuni qisqa qilishi lozim bo‘ladi. chunki u qaysi nafasda va qaysi
qadamda o‘lishini bilmaydi. Alloh taolo aytdi: