Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
YIGIRMA OLTINCHI BOB 
KAMBAG’ALLARNING FAZILATLARI
289. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) Anas ibn Molikdan (Alloh u 
zotdan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: "Faqirlar Payg‘ambarga (u kishiga Allohdan salovat 
va salomlar yog‘ilsin) o‘zlaridan elchi yuborishdi. U kishi kelib: "Yo Rasululloh, men 
kambag‘allarning elchisiman", dedi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): "Senga va 
seni yuborganlarga marhabo", dedilar. Elchi: "Ey Allohning rasuli! Kambag‘allar, boylar 
hamma yaxshiliklarni olib ketdi, ular haj qilishadi, bizning qudratimiz yetmaydi, 
sadaqalar qilishadi, biz unga ham qodir emasmiz, kasal bo‘lsalar, mollarining ortiqchasini 
ehson qilib yuborishadi, deb aytishyapti", dedi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: "Ularga yetkazginki, kim sabr va qanoat qilsa, unga boylarda bo‘lmagan uch 
fazl beriladi. Birinchisi: jannatda qizil yoqutdan bir uy borki, ahli jannatlar unga dunyo 
ahli yulduzlarga qaragandek qarashadi. U yerga kambag‘al payg‘ambar, kambag‘al 
shahid, kambag‘al mo‘min kiradi. Ikkinchisi: kambag‘allar jannatga boylardan yarim kun 
oldin kirishadi. U yarim kunning miqdori besh yuz yilga teng. Ular u yerdan xohlaganicha 
foydalanishadi. Sulaymon ibn Dovud alayhumassalom payg‘ambarlardan qirq yil keyin 
jannatga kiradilar. Bu holning sababi Alloh taolo u zotga payg‘ambarlikka podshohlikni 
ham qo‘shib berganidir. Uchinchisi: Alloh pokdir (subhonalloh), Allohga hamd bo‘lsin 
(alhamdulillah) va Allohdan boshqa iloh yo‘q (la-a ilaha illalloh) va Alloh ulug‘ (Allohu 
akbar) kalimalarini faqir kishi ixlos bilan aytsa va boy ham ularni ixlos bilan aytsa, 
boyning aytgani kambag‘alnikiga yetmaydi. Garchi boy shuning ustiga o‘n ming dirham 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
141
nafaqa qilsa ham. Yaxshi amallarining hammasida ham shu kabidir", dedilar. 
Elchi faqirlarning oldiga borib, bu xabarni yetkazdi. Ular: "Ey Rabbimiz! Rozimiz. Ey 
Rabbimiz, biz rozimiz!" deyishdi. 
290. Imron ibn Muslimdan rivoyat qilindi. Abu Zarr (r.a.) aytadilar: "Sohibim 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yetti ishning ustida edilar, ularni tark qilmadim, 
tark qilmayman ham. Menga u zot miskinlarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqin bo‘lishni, 
o‘zimdan past kishilarga qarab, yuqoridagilarga nazar solmaslikni, qarindoshlarim yuz 
o‘girsalar ham, ularga silai rahm qilishni, jannat xazinasi bo‘lgan "la-a havla va la-a 
quvvata illa billah"ni ko‘p aytishni, odamlardan hech narsa so‘ramaslikni, Alloh yo‘lida 
malomatchining malomatidan qo‘rqmaslikni va achchiq bo‘lsa-da, haqiqatni so‘zlashni 
buyurdilar". 
Abu Zarr (r.a.) agar qo‘llaridan qamchisi tushib ketsa, birovga olib ber deyishni yomon 
ko‘rardilar. 
Xaysama rivoyat qiladilar. Farishtalar: "Ey Rabbimiz, kofir bandangga dunyoni keng 
qilib, undan balolarni daf qilgansan", deb aytishadi. Alloh ularga: "Uning oxiratdagi 
azobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular u azobni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, bu dunyoda 
topgan narsalari ularga foyda bermaydi", deyishadi. Farishtalar yana aytishadi: "Mo‘min 
bandangdan dunyoni to‘sib, uni balolarga duchor qilasan". Alloh farishtalarga: "Uning 
oxiratdagi savobini bir ko‘ringlar-chi", deydi. Ular uni ko‘rgach: "Ey Rabbimiz, ularga 
dunyoda yetgan musibatlar hech qanday zarar qilmaydi", deyishadi. 
291. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytadilarki: "Molini ko‘paytirishga urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past 
kishilardir, lekin kim molini mana bunday, mana bunday qilsa, uning oqibati yaxshidir. 
Lekin ular kamginadir". 
Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning "Molini ko‘paytirishga 
urinuvchi kishilar qiyomat kunida darajasi past kishilardir", degan so‘zlarining ma’nosi 
bunday: Agar boylar jannat ahlidan bo‘lsa, kambag‘alning darajasidan darajasi past 
bo‘ladi. "Mana bunday, mana bunday", deb aytgan gaplarining ma’nosi, ular o‘ng 
tomonidan, chap tomonidan, orqasidan, oldidan sadaqa qiladilar, deganidir. "Lekin ular 
kamginadir", degan so‘zlarining ma’nosi esa, bunday amal boylarda kam topilishiga, 
shayton ular uchun bu dunyoda mollarini ziynatli qilib ko‘rsatishiga dalolat etadi. 
292. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha, shayton aytarkan: 
"Boy odam uch holatda najot topmaydi: molini uning ko‘ziga ziynatli qilib ko‘rsataman, 
natijada zakot bermaydi yoki mol topishni unga oson qilib qo‘yaman, shunda uni o‘z 
yo‘lida ishlatmaydi yoki molni sevimli qilib qo‘yaman, shunda nohaqdan kasb qiladi". 
Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: "Meni Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam yubordilar. Savdogar edim. Men savdogarlikni ibodat bilan 
birlashtirmoqchi bo‘ldim. Ikkalasi ham bo‘lmadi. Savdogarlikdan bosh tortdim. Ibodatga 
yuzlandim. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, masjid eshigi oldida bir do‘konim 
bo‘lsa, unda namozimdan xato qilmasam, har kuni qirq dirham foyda olsam, u 
dirhamlarni Alloh yo‘lida sadaqa qilsam, baribir bu ish menga sevimli emas". Aytishdiki: 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin