Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
142
"Ey Abu Dardo, uni (savdoni) nimaga yomon ko‘rasiz?" deb. "Qiyomatda hisobi og‘ir 
bo‘lgani uchun", dedilar u zot. 
293. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: "Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa, uni yetarlilik va qanoat bilan 
rizqlantir. Kim meni yomon ko‘rsa, molini va bolalarini ko‘paytir". 
294. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "Faqirlik 
dunyoda mashaqqat, oxiratda xursandchilikdir. Boylik dunyoda xursandchilik, oxiratda 
esa mashaqqatdir". 
Faqih aytadilar: "Musulmon kishi, garchi o‘zi boy bo‘lsa ham, kambag‘allarni yaxshi 
ko‘rmog‘i lozim. Chunki kambag‘allarni yaxshi ko‘rishda Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamni yaxshi ko‘rish bor. Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga 
kambag‘allarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqinlashmoqni buyurganlar: 
"Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo 
qiladigan zotlar bilan birga tuting" 
(Kahf, 28). 
Ya’ni, nafsingizni faqirlar bilan birga tuting, ular o‘z nafslarini ibodatga bog‘lashdi. 
Bu oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagicha: 
Uyayna ibn Hisn Fazoriy qavmining raisi edi. Bir kuni u Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam oldilariga kirganida, Salmon Forsiy, Suhayb Rumiy, Bilol ibn Hamoma Habashiy 
va boshqa kambag‘al sahobalar (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin) o‘sha yerda edi. 
Ularning ustida eski yirtiq kiyimlari bo‘lib, bir oz terlashgan edi. Uyayna shunda: 
"Bizlarda obro‘-sharaf bor. Biz oldingizga kirganimizda, ularni huzuringizdan chiqaring, 
ular bizga hidlari bilan ozor berishyapti yoki biz uchun boshqa majlis chaqiring", dedi. 
Alloh taolo ularni u yerdan chiqarishni man’ etdi va bunday deb oyat indirdi: "Siz 
o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan 
birga tuting". Ya’ni, ular besh vaqt namozini o‘qib, Parvardigorining rizosini talab 
qilishadi. 
"Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga 
boqmasin)". Ya’ni, dunyo hayoti ziynatlari talabida ularni kam ko‘rmang. 
"Va Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan 
kimsalarga itoat etmang!" Ya’ni, Bizdan, Qur’ondan yuz o‘girganlarga va ba’zi nafsining 
shahvatiga ergashgan kambag‘allarga itoat qilmang. 
"Ularning ishi izdan chiqdi", ya’ni, ularning ishi zoe’ va botil bo‘ldi. 
Alloh taolo Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamga faqirlar bilan o‘tirishni, ularga yaqin 
bo‘lishni buyuryapti. Bu buyruq barcha musulmonlarga qiyomat kunigacha 
kambag‘alliklari uchun musulmon faqirlarini yaxshi ko‘rmoqni, ularga yaxshilik qilmoqni 
va ularga molu dunyolaridan infoq bermoqni vojib etadi. Chunki ular qiyomat kunida 
Allohning yo‘lboshlovchilaridir va ulardan shafoat umid qilinadi. 
295. Hasan (Alloh u zotga rahm qilsin) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat 
qiladilar: U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni bir banda keltiriladi. 
So‘ngra dunyoda kishi kishidan uzr so‘ragandek Alloh taolo undan uzr so‘raydi. Aytadiki, 
ulug‘ligimga va izzatimga qasam, xorliging uchun sendan dunyoni to‘sganim yo‘q, balki 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin