" (Ey mo‘minlar), namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni ato etinglar va
payg‘ambarga bo‘ysuninglar, shoyad rahmatga erishsanglar"
(Nur,56). Ya’ni,
Menga ibodat qilinglar, kambag‘allarga zakotlaringizni beringlar, deb Alloh taolo o‘zining
haqqi bilan kambag‘allarning haqqini yonma-yon sanayapti.
Aytilishicha, kambag‘al – boyning tabibi, uning oqlovchisi, elchisi, qo‘riqchisi,
shafoatchisi.
Tabibi deyilishiga sabab – boy kasal bo‘lib, kambag‘allarga sadaqa qilsa, kasalidan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
144
tuzaladi. Oqlovchisi degani – boy unga sadaqa bersa, kambag‘al duo qiladi, boy
gunohlardan pok bo‘ladi va molini ham poklaydi. Elchisi degani – boy o‘lgan ota-onasi
yoki qarindoshlaridan biri uchun sadaqa qilsa, sadaqasining savobi o‘likka yetadi,
demak, kambag‘al kishi boy bilan o‘tganlarning orasida elchilik qiladi. Qo‘riqchisi degani
– boy sadaqa qilsa, faqir uning haqqiga duo etadi, kambag‘alning duosi bilan boyning
moli qo‘riqlanadi.
299. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jannat podshohlarining xabarini
beraymi?" "Ha", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mazlum
zaiflar, ular boyvachcha xotinlarga uylana olmaydilar. Ularga yopiq eshiklar ochilmaydi.
O‘layotganlarida qalbida hojati qolib ketadi. Agar Allohning nomiga qasam ichsa, uni
amalga oshiradi", dedilar.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Kim boyni ikrom qilib, kambag‘alni xorlasa, la’natlangandir".
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham
yeymiz, ichadilar, biz ham ichamiz, ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz, ularning ko‘p
mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob
berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz".
Shaqiq Zohid rivoyat qiladilar: "Kambag‘allar ham, boylar ham uchta narsani ixtiyor
etishgan. Kambag‘allarning ixtiyor qilgan narsalari – nafsning rohati, qalbning yumshoq,
hisobning yengil bo‘lishi. Boylarning ixtiyori - nafsning charchashi, qalbning mashg‘ulligi
va qattiq hisob".
Hotim Zohiddan rivoyat qilinadi: "Kim to‘rt narsani to‘rt narsasiz da’vo qilsa, u
yolg‘onchidir. Allohni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, harom etgan narsalaridan taqvo
qilmasa; jannatni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, Alloh toatida molini infoq etmasa;
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, u kishining
sunnatlariga ergashmasa; jannatdagi ulug‘ darajalarni da’vo qilsa-yu, miskin va
kambag‘allar bilan suhbatlashmasa".
Ba’zi hakimlar aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, u yaxshilikning hammasidan
mahrumdir. O‘zidan pastdagilardan o‘zini katta tutsa, ota-onasiga oq bo‘lsa, kambag‘alni
past sanasa va miskinlarni miskinlikda ayblasa".
300. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Menga Alloh
taolo mol jamlashni va savdogar bo‘lishni vahiy qilgani yo‘q. Balki Rabbimga hamd bilan
tasbeh aytishimni, sajda qiluvchilardan bo‘lishimni va to o‘lim kelguncha ibodat
qilishimni buyurdi".
301. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar: "Ey odamlar! Qiyinchilik
va faqirlik sizlarni rizqingizni haromdan talab qilishga undamasin. Men bu aytilayotgan
so‘zlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman. U kishi aytgan edilar:
"Ey Parvardigor, meni faqir holatda dunyodan o‘tkazgin, boy holatda o‘tkazmagin,
qiyomat kunida miskinlarning zumrasida tiriltirgin. Albatta, badbaxtlarning badbaxti
dunyo faqirligi bilan oxirat azobini jamlaganidir".
Umar ibn Xattobning (r.a.) oldilariga Qodisiyadan tushgan g‘animatlarni keltirishdi, U zot
o‘ljalarni diqqat bilan kuzata boshladilar. Keyin yig‘ladilar. Abdurahmon ibn Avf: "Bugun
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |