www.ziyouz.com kutubxonasi
152
ana shu bandam Menga yaqindir", deydi". Keyin bu oyatni tilovat qildilar:
"Ular Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalarni o‘zlari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz deb o‘ylaydilarmi? Yo‘q, ular (buni g‘aflatlari yanada ziyoda bo‘lishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar" (Mo‘minlar, 55-56).
321. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir
kuni Abu Zarrning qo‘lidan ushlab chiqdilar va: "Ey Abu Zarr, albatta, sening oldingda
baland to‘siq bor. Unga faqat yengil kishilargina ko‘tariladi", dedilar. Abu Zarr: "Yo
Rasululloh, men yengil kishilardanmi yoki og‘irlardan?" deb so‘radilar. Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Senda bir kunlik taom bormi?" Abu Zarr: "Ha",
dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertangisi-chi?" Abu Zarr: "Ha",
deb javob qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ertadan keyingisi-
chi?" Abu Zarr: "Yo‘q", deb javob qildilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Agar senda uch kunlik taom bo‘lsa, og‘irlardansan".
_________________
Dunyodan yuz o‘girish bobi hadislari 306-hadis. Sahih. Ibn Mojja, Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan. “Sahihul jome’”ga kirgan.
307-hadis. Muttafaqun alayh. Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan.
308-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
309-hadis. Mavzu’. Ibn Abu Dunyo, Qazoiy rivoyat qilgan. Sanadidagi Abdulloh ibn Musavvar kazzobdir. “Az-zaifa” kitobida keltirilgan.
310-hadis. Hofiz Iroqiy “Tarix ul-ihyo” kitobida uning asli yo‘qligini aytgan.
311-hadis. Munkar, unda uzilish bor. Ibn Adiy, Abu Na’im rivoyat qilgan.
312-hadis. Sahih. Xatib, Qazoiy rivoyat qilgan. “As-sahiha” kitobiga qarang.
313-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
314-hadis. Sahih. Muslim “Dunyo mo‘minning zindoni, kofirning jannati” lafzi bilan rivoyat qilgan.
315-hadis. Hasan. “Sahihul jome’” va “As-sahiha” kitoblarida keltirilgan.
316-hadis. Hasan. Abu Na’im, Tabaroniy rivoyat qilgan.
317-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim va boshqalar rivoyat qilishgan.
318-hadis. Zaif. “Az-zaifa”ga qarang.
319-hadis. Munkar. Daylamiy rivoyat qilgan.
320-hadis. Mavquf. Suyutiy “Ad-durrul-mansur”da keltirgan.
321-hadis. Sahih. Ibn Muborak, Bayhaqiy rivoyat qilgan.