"(Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham
jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar"
(Anbiyo, 98).
Butlar uchun azob yo‘q, lekin azob va hasratni ziyoda qilish do‘zax ahli uchundir.
Shuningdek, dunyo do‘zax ahlining azobini, hasratini ziyoda qilish uchun do‘zaxga
tashlanadi. Demak, mo‘min kishi oxirat uchun amal qilmog‘i lozim. Dunyo bilan mashg‘ul
bo‘lib qolmasligi, shug‘ullansa ham, kerak bo‘lganicha, unga qalbi bilan yopishmasdan
shug‘ullansa bo‘ladi.
Iso alayhissalom aytdilar: "Sizlarga ajablanaman. Dunyo uchun amal qilasizlar,
vaholanki, unda amalsiz ham rizqlanasizlar, oxirat uchun amal qilmaysizlar, vaholanki,
unda amalsiz rizqlanmaysizlar".
316. Abu Ubayda Asadiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning qalbi dunyo sevgisi bilan to‘lgan
bo‘lsa, Alloh taolo uni uch narsa bilan bog‘lab qo‘yadi: Mash-g‘ul bo‘lish va davomli
charchash bilan; tugamaydigan orzu bilan; cheksiz hirs bilan. Unda qiyinchilik bo‘lmaydi.
Dunyo talab qiladi va talab qilinadi. Oxirat ham talab qiladi va talab qilinadi. Kim oxiratni
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
151
talab qilsa, uni dunyo talab qiladi. Hatto dunyoda rizqini to‘liq oladi. Kim dunyoni talab
qilsa, uni oxirat talab qiladi. Hatto o‘lim keladi, so‘ngra birdaniga olib qo‘yadi".
Ibrohim ibn Yusuf Kinonadan rivoyat qiladi: Aytdilarki: "Men Abu Hozimning shunday
deganlarini eshitdim: "Dunyodan ikki narsani topdim. Biri – mendagi narsa, u yo‘q
bo‘lmaydi, ikkinchisi – boshqaniki, unga yetolmadim, chunki meniki bo‘lgan narsa
boshqaga berilmagani kabi, boshqaniki ham menga berilmaydi. Men bu narsaning qaysi
birida umr o‘tkazay? Va men yana ikki narsani ikki narsa deb bildim: Biri – mol-
dunyoning ajali menikidan oldin kelib, undan g‘alaba qilaman; ikkinchisi – mening
umrim unikidan oldin uziladi, o‘laman va boshqa kishiga tashlab ketaman. Qaysi biri
bilan Rabbimga osiylik qildim?"
317. Abu Sufyon rivoyat qiladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos Salmonning (r.a.) oldiga keldilar.
U kishi kasal edilar, ziyorat qildilar. Salmon yig‘ladilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos: "Ey
Abdullohning otasi, nega yig‘layapsiz? Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sizdan rozi
holda dunyodan ketdilar-ku?" deb so‘radilar. Salmon (r.a.) aytdilar: "Ogoh bo‘linglar!
Men o‘limdan qo‘rqib yoki dunyoga hirs qilib yig‘lamayman. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam bizlarga bir ahd berganlar. "Sizlarning dunyodagi nasibalaringiz yo‘lovchi
oladigan narsa miqdorida bo‘lsin", deganlar. Mening oldimda esa, bu qora narsalar
turibdi". U kishining oldilarida ichadigan, yeydigan, tahorat qiladigan idishlar bor edi.
Keyin Sa’d (r.a.) aytdilar: "Ey Abdullohning otasi, siz ham bizga ahd bering. Sizdan
keyin bizlar ham uni ushlaylik". Salmon (r.a.): "Ey Sa’d, qayg‘urgan paytingizda, hukm
qilayotganingizda va qasamingizni bajarish vaqtida Allohni eslangiz", dedilar.
318. Jubayr Zahhokdan rivoyat qiladilar. Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi
vasallamdan so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Odamlarning zohidrog‘i kim?" deb. Aytdilar:
"Kim qabrni va chirishini unutmasa, dunyo ziynatining ortiqchasini tashlasa, dunyodan
ko‘ra oxiratni afzal bilsa, kunlarining ertasi bor deb hisoblamasa va o‘zini o‘lganlardan
deb sanasa".
Hakim Hotam Lifofiy aytadilar: "To‘rt narsani to‘rt narsadan talab qildik va bu yo‘lda
xato etdik: Boylikni moldan talab qildik, u qanoatda ekan, rohatni ko‘plikdan izladik,
ozlikda ekan, ne’matni taom va kiyimdan qidirdik, satrda, ya’ni, Alloh yopgan ayblarda
va Islomda ekan".
319. Rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim dunyoga
katta ahamiyat berib tong ottirsa, Alloh uning qalbiga uch narsani bog‘lab qo‘yadi:
Famdan hech uzilmaydi, mashg‘ullikdan ajralmaydi va kambag‘alligi tugamaydi".
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim tong ottirsa, u mehmondir. Moli yalang‘ochdir.
Mehmon jo‘nab ketadi, yalang‘ochlik ortiga qaytadi".
Fuzayl ibn Iyoz: "Yomonlikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni
sevishlikdir. Yaxshilikning hammasi bir uyda bo‘lsa, uning kaliti dunyoni tark qilishdir",
deydilar.
320. Anas (r.a.) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot
aytdilarki: "Alloh taolo: "Mo‘min bandamga dunyoni ko‘paytirsam, xursand bo‘ladi, u
Mendan uzoqroqdir, dunyoni kamaytirsam xafa bo‘ladi. Kimning dunyosini kamaytirsam,
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |