Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
150
nimaga aylanadi?" "O‘zingiz bilgan narsaga" (ya’ni, bavl va axlatga), dedi. Shundan
so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Dunyo ham xuddi shunga o‘xshaydi",
dedilar.
Yahyo ibn Maoz Roziy aytadilar: "Dunyo
Allohning ekinzori, odamlar shu ekinzorning
ekini, o‘lim o‘roq, jonni oluvchi farishta alayhis-salom shu ekinni o‘ruvchi, qabriston uni
yanchuvchi, jannat va do‘zax havoyi xohishlarning uyidir. Bir
guruhi jannatda, bir guruhi
do‘zaxda bo‘ladi".
Luqmoni Hakimdan zikr qilinadi. U kishi o‘g‘liga aytdilar: "Ey o‘g‘ilginam, dunyo chuqur
dengizdir. Unda ko‘p kishilar g‘arq bo‘lishgan. Bas, kemangda Allohga taqvo qilgin".
Ba’zilar aytadi: "Solih amallar ko‘tarib yurgan davlatingdir. Bu
molga hirs qilsang, sening
foydang. Kunlar – solih amalning to‘lqini, tavakkul – soyasi. Allohning kitobi – dalili,
nafsni havodan qaytarish – arqoni, o‘lim – sohili, qiyomat – savdo qiladigan yeri,
Alloh
esa uning egasidir".
Fuzayl ibn Iyozdan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: "Dunyo qiyomat kuni keltiriladi.
O‘zidagi ziynat va chiroyi bilan aytadiki: Ey Rabb! Meni yaxshi bandalaring uchun uy qilib
qo‘ygin". Alloh azza va jalla: "Seni ular uchun uy qilishga rozi emasman,
sen hech
narsadirsan, sepilgan chang bo‘lgin", deydi. Shundan so‘ng dunyo changga aylanadi".
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Qiyomat kunida dunyo oqarib-ko‘karib ketgan, qari, tishlari
ko‘ringan, a’zolari titilgan xas holatda keltiriladi. Kim uni ko‘rsa, qayta qaragisi kelmaydi.
Uni odamlarga qaratadi. Keyin: "Buni taniysizlarmi?" deyishadi. "Uni bilishdan Allohdan
panoh tilaymiz", deb javob berishadi. Shundan so‘ng: "Bu dunyodir.
Sizlar faxrlangan va
uning ustida talashgan dunyo mana shudir", deyiladi.
Faqih aytadilar: Dunyoga azob berilmaydi. Chunki unda gunoh yo‘q, lekin do‘zax ahli uni
ko‘rishligi uchun do‘zaxga tushiriladi. Do‘zax ahli uchun dunyo xor qilib ko‘rsatiladi.
Xuddi sanamlar do‘zaxga tashlangani kabi. Alloh aytadi:
Dostları ilə paylaş: