www.ziyouz.com kutubxonasi
146
Farishta aytdi: "Alloh taolo sizga hamma narsalarning xazinasini va kalitini berishini
xabar qilgan. Sizdan oldin hech kimga bermagan edi, sizdan keyin ham hech kimga
bermaydi va sizga tayyorlab jamlagan narsani kamaytirmaydi". Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam: "Balki uni menga qiyomat kuni jam qiladi", dedilar".
305. Safvon ibn Sulaymdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Menga Makka sahrosi tillo holatda ko‘rsatildi. Aytdimki: "Ey Rabbim, bir kunni
to‘q o‘tkazaman, bir kunni och. To‘yganimda, Senga hamd aytaman, och qolganimda,
Senga tazarru’ qilaman".
______________
Kambag‘allarning fazilatlari bobi hadislari 289-hadis. Juda zaif. Uning roviylaridan biri Xorija ibn Mus’abning hadisi tark qilinadi.
290-hadis. Hasan sahih. Tabaroniy, Abu Na’im, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
291-hadis. Sahih. Ahmad, Tayolisiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
292-hadis. Isnodi noma’lum.
293-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan.
294-hadis. Zaif. Roviylar o‘rtasida uzilish bor. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
295-hadis. Sanadida zaiflik bor. Abu Shayx, undan Daylamiy rivoyat qilgan.
296-hadis. Mavzu’. Ibn Adiy rivoyat qilgan. Imom Zahabiy mavzu’ degan.
297-hadis. Hasan. Nasoiy, Ibn Hibbon, Hakim rivoyat qilgan.
298-hadis. Mursal.
299-hadis. Haysamiy uni “Al-majma’” kitobiga kiritgan.
300-hadis. Unda zaiflik bor. Ahmad, Abu Na’im, Ibn Murdavayh rivoyat qilgan. Mursal.
301-hadis. Hasan. Ibn Adiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
302-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ibn Hibbon, hakim rivoyat qilgan.
303-hadis. Munzariyning “At-targ‘ibu vat-tarhib” kitobida keltirilgan.
304-hadis. Tabaroniy hasan sanad bilan rivoyat qilgan.
305-hadis. Juda zaif. Ibn Muborak, Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. “Zaiful jome’”ga kirgan.
YIGIRMA YETTINCHI BOB