www.ziyouz.com kutubxonasi
158
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari (r.a.) ochlik aziyatlaridan
qiyinchilikda edilar. Ular sabr qildilar va Alloh bu qiyinchiliklarni ketkazdi. Shuningdek,
kim sabr qilsa, Alloh undan qiyinchiliklarni yengil qilib qo‘yadi. Albatta, yengillik sabr
bilandir va qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Solih bandalar qiyinchilik kelsa,
xursand bo‘lishar va Allohdan savob umid qilishar edi.
Muslim ibn Yasor aytadilar: "Bahraynga kelganimda meni bola-chaqali, boy, qullari
xizmatida bo‘lgan bir xotin mehmon qildi. Lekin uni xafa ko‘rdim. Ketayotganimda:
"Senda biron hojat bormi?" deb so‘radim. "Ha, – dedi u, – agar shahrimizga kelsang,
yana menikiga tush". Bir necha yil o‘tdi. Keyingi kelganimda darvozasida bironta qulni
ko‘rmadim. Kirishga ruxsat so‘rab, ichkariga kirsam, u xursand edi. "Bu nima hol?"
dedim. "Sen ketganingdan keyin kimni dengizga jo‘natsam, g‘arq bo‘laverdi. Quruqlikka
kimni yuborsam, u ham halok bo‘laverdi. Qullar ketdi, farzandlar o‘ldi", dedi u. Unga:
"Allohning rahmati bo‘lsin senga, seni avval xafa ko‘rgan edim, hozir esa, xursandsan",
dedim. "Ha, u kunlarda mening dunyoim ko‘p edi, – dedi u, – Alloh hasanotlarimni shu
dunyoda berganmikin deb qo‘rqar edim, mol, farzand va qullarim ketgach, Allohdan
umid qildimki, shoyad oxiratim uchun ularni zahira qilgan bo‘lsa".
338. Hasan Basriy rivoyat qiladilar: "Sahobalardan biri johiliyatda tanigan bir ayolni
ko‘rib qoldi. U bilan bir oz gaplashdi. Keyin u ayol bilan ajrashdi va unga qarab-qarab
keta boshladi. Birdan devorga urildi va yuzida bir iz paydo bo‘ldi. U Payg‘ambar (a.s.)
huzurlariga kelib, voqeani so‘zlab berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, uning gunohiga jazoni shu
dunyoda beradi".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.): "Men sizlarga Allohning kitobidagi eng umidbaxsh oyatning
xabarini beraymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. Shunda ularga Sho‘ro surasidagi quyidagi
oyatni o‘qib berdilar: