Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
160
qo‘lga olardilar. Bu haqda so‘rashganda: "Men uning muhabbati qalbimga tushishini
yaxshi ko‘raman, agar o‘lib qolsa, ajrim katta bo‘ladi", degan edilar.
344. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Bir kishi o‘g‘ilchasi bilan Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam oldilariga kelib turardi. Keyin uning o‘g‘li vafot etib, otasi kelmay qo‘ydi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni surishtirdilar. Sahobiylar: "Ey Allohni elchisi,
uning siz ko‘rgan o‘g‘li vafot etdi", deyishdi. Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Menga xabar bermadinglarmi? Turinglar, birodarimizga ta’ziya bildirishga
boramiz". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning oldiga kirganlarida, u g‘amnok
edi. So‘ngra u: "Ey Allohni elchisi,
men undan qarib, zaiflanadigan kunlarim uchun umid
qilgan edim", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni kelib,
unga, jannatga kirgin, deganda: "Ota-onam-chi, ey Rabbim!" deyishi seni xursand
qilmaydimi?!
Unga uch marta, jannatga kirgin, deyishadi. Shafoatida davom etib, oxiri
Alloh shafoat qilib, hammalarini jannatga kirgizadi". Keyin u kishidan xafalik ketdi".
Bu xabar
bir kishiga musibat yetsa, unga ta’ziya bildirish sunnat ekaniga dalildir.
Faqih aytadilar: Otam Hasan Basriydan rivoyat qildilar: Muso alayhissalom
Parvardigordan so‘radilar: "Ey Rabbim, kasalni ko‘ruvchilar uchun qanday ajr bor?" "Uni
xuddi yangi tug‘ilgandek gunohlardan pok chiqaraman". Muso so‘radilar: "Ey Rabbim,
o‘likni qabristongacha kuzatib boruvchiga qanday ajring bor?" Aytdi: "O‘lgan vaqtida
maloikalarni jo‘nataman, uni qabristonga bayroqlar bilan olib borishadi, keyin
mahsharga ham". Muso aytdilar: "Ey Rabbim, bolasini yo‘qotgan onaga ta’ziya
aytgan
kishiga qanday ajring bor?" Aytdi: "Qiyomat kuni arshning soyasidan boshqa hech soya
bo‘lmagan kunda uni arshning soyasiga olaman".
345. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz aytdilar: "Bandaning ikki
narsani ichiga yutishi Alloh taologa mahbubdir: Fazabni
ichiga yutib, uni hilm bilan
qaytarishi va bir musibat yetsa, ichiga yutib, sabr qilishi. Ikki tomchidan ko‘ra Allohga
mahbubroq tomchi yo‘qdir: Allohning yo‘lida to‘kilgan qon va kechasi sajda qilib turgan
paytda tushgan ko‘z yoshi tomchisi. Uni Allohdan boshqa hech kim ko‘rmaydi. Ikki
qadamdan ko‘ra Alloh taologa mahbubroq qadam yo‘qdir: Farz qilingan namozga yurib
borgan qadam va qarindoshlikni bog‘lash uchun bosilgan qadam".
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Sulaymon alayhissalomning o‘g‘illari vafot etdi. U kishi ko‘p
xafa bo‘ldilar. Ikki farishta kelib, u kishining oldilarida xusumat kiyimlarida o‘tirishdi.
Birlari aytdiki: "Don ekdim, ammo o‘rmadim, mana bu narsa o‘tib, uni vayron qildi".
Boshqasi aytdi: "Sen nima deysan?". Aytdi: "Joduni olib
ekinzorga keldim va uni chapga,
o‘ngga otdim. Shunda ekinzor ustida yo‘l paydo bo‘ldi". Sulaymon aytdilar: "Nimaga
yo‘lning ustiga don ekding? Odamlarning yo‘li borligini bilmasmiding?" Farishta: "Nimaga
farzandingga xafa bo‘lyapsan? O‘lim oxirat yo‘li ekanini bilmasmiding?" dedilar.
Xabarda keladiki, Sulaymon alayhissalom Allohga tavba qilib, shundan keyin bolalariga
motam tutmagan ekanlar.
Abdulloh ibn Abbosga (r.a.) qizchasi vafot qilganligi to‘g‘risida xabar keldi. U kishi
safarda edi. "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", dedilar. Keyin: "U
avrat edi, uni Alloh
satriga oldi, uning ashyolariga Alloh o‘zi kifoya qiladi va bu ish Alloh menga bergan bir
ajrdir", dedi va ikki rak’at namoz o‘qidi. So‘ng aytdi: "Alloh taolo bizga buyurgandek
qildik", dedilar va:
Dostları ilə paylaş: