Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

albatta, ziyoda qilaman"
, dedi; agar gunohlarni qilaverib, uning gunohlari kufrgacha 
yetsa, keyin tavba qilsa, tavbasini qabul qilib, uni yaxshi ko‘radi:
"Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi" 
(Baqara, 222); agar sizlarga berilgan narsalar Jabroil va Mikoilga ham berilganda, 
ularning ajrlari kattaroq bo‘lardi. Bas, Alloh taolo aytdiki:
"Menga duo qilinglar, Men ijobat qilaman" 
(Fofir, 60). 
350. Yahyo ibn Jobir Toiydan rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Kim o‘zining o‘n ikki yoshli farzandini o‘zidan oldin oxiratga kuzatsa, u kishi uchun 
undan ko‘ra ajri buyukroq va mahbubroq narsa bo‘lmaydi". 
Aytiladi: Sabr qilish musibatga birinchi to‘qnashganda muhimdir. Chunki vaqt o‘tgach, 
kishi xohlasa ham, xohlamasa ham, sabr etadi. Oqil musibatning avvalida sabr qilgan 
kishidir. 
Ibn Muborakning o‘g‘illari vafot etdi. Bir majusiy ta’ziyaga kelib aytdi: "Oqil inson 
bunday kunda johil besh kundan keyin qiladigan ishni qilmog‘i lozim". Bu gapni eshitib 
Ibn Muborak: "Bu hikmatni yozib olinglar", dedilar. 
351. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim musibat yetgan kishiga 
ta’ziya bildirsa, uning ajri kabi unga ham ajr bo‘ladi". 
352. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sabr uch xil bo‘ladi. Toatga sabr 
qilish, musibatga sabr qilish va gunohdan tiyilish uchun sabr qilish. Kim musibatga sabr 
qilib, uni go‘zal suratda qaytarsa, Alloh unga uch yuz darajani yozadi. Kim toatga sabr 
qilsa, Alloh unga yetti yuz darajani yozadi va kim gunohdan sabr bilan tiyilsa, Alloh unga 
to‘qqiz yuz darajani yozadi. Har darajaning orasi yerning tagidan to arshgacha bo‘lgan 
masofaning ikki barobaridir". 
Ibn Abbosdan rivoyat. U kishi aytadilar: "Alloh taolo Lavhul-mahfuzda yozgan birinchi 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin