Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
161
346. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Etiklaringizning ipi uzilsa
ham, "Inna lillahi va inna ilayhi roji’un", deb aytingiz, chunki u ham musibatdir".
347. Ummu Salama (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Kim bir musibat bilan musibatlansa, Alloh taolo buyurgandek "biz Allohniki va
biz Allohga qaytguvchimiz. Alloh, bu musibatim uchun menga ajr bergin va uning
orqasidan undan yaxshisini bergin", desa, Alloh o‘shani beradi".
Ummu Salama onamiz aytadilar: "Abu Salama vafot etganda o‘shanday dedim, keyin:
"Kim menga Abu Salamadek bo‘la olardi?" deb o‘yladim. Uning orqasidan Alloh taolo
menga rasuli Muhammadni sollallohu alayhi vasallam taqdim qildi".
U zot alayhissalom Ummu Salamaga uylandilar.
348. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam
aytadilar: "Musibat tushganda sonlariga urish ajrni yo‘q qiladi. Musibatga ilk
to‘qnashgandagi sabrning ajri katta bo‘ladi. Ajr musibatning kattaligiga qarab bo‘ladi.
Kim musibatdan keyin, biz Allohniki va biz Allohga qaytguvchimiz, desa, Alloh uning
ajrini musibat yetgan kunidek yangilab beradi".
Faqih aytadilar: Oqil kishi musibatning savobi haqida fikr qilishi lozim. Shunda unga
musibat yengil bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo musibatga sabr va qanoat qilsagina katta
savob bo‘lishini aytgan. "Albatta, sizlarni imtihon qilamiz..." Allohning imtihoni o‘zi bilgan
g‘aybni zohir qilishdir; "xavf xatar bilan..." ya’ni, dushman bosqini, qo‘rqinchi bilan;
"ochlik bilan", "mollarni, jonlarni va mevalarni kamaytirish bilan" Alloh imtihon qiladi.
"Sabr qiluvchilarga xushxabar bering". So‘ng ularni vasf qildi: "Biror musibat yetganda,
albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga qaytguvchimiz, deydilar".
"Biz Allohning (bandalarimiz)...", ya’ni, biz Allohning qullari va biz Uning mulkidamiz,
agar yashasak, rizqimiz Uning ustida. "...va, albatta, biz U zotga qaytguvchimiz". Ya’ni,
o‘limdan keyin.
Bizlar Uning hukmiga rozi bo‘lishimiz shart. Agar biz Uning hukmiga rozi bo‘lmasak,
Unga qaytganimizdan keyin U bizdan rozi bo‘lmaydi.
"Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) bordir". Salovot uch narsa
ustidadir: Toatga tavfiq, gunohlardan saqlanish, mag‘firat. Bu gap birgina salovotning
tafsiridir. Ammo boshqa salovotlarning nihoyasini Allohning o‘zi biladi. "...va rahmat
bordir", ya’ni, Alloh taolodan. "Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir" (Baqara, 155-
157).
Said ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Istirjo’ aytish faqat shu ummatga berildi.
Agar boshqa ummatga berilganda, Ya’qub alayhissalomga berilardi. U kishiga musibat
yetganda:
Dostları ilə paylaş: