www.ziyouz.com kutubxonasi
168
Bizlar ikki odamning o‘rtasida kasallikdan gandiraklab turgan bo‘lsa-da safga kelib
turgan kishini ko‘rdik. Qaysi kishi tahorat olsa va tahoratini chiroyli qilib, masjidlardan
biriga borsa va u yerda namoz o‘qisa, Alloh taolo uning har qadamiga yaxshilik yozadi va
darajasini ko‘taradi, xatolarini o‘chiradi, hattoki bizlar qadamlarimiz orasini yaqin qilsak
ham albatta, kishining jamoat bilan o‘qigan namozi yolg‘iz o‘qigan namozidan yigirma
yetti daraja ziyoda bo‘ladi".
369. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: "Masjid oldiga ko‘chishni xohladik – u yerda bir
bo‘sh joyimiz bor edi. Bu gap Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U zot
bizning oldimizga kelib: "Ey bani Salama, eshitishimcha, sizlar masjid oldiga
ko‘chmoqchi ekansizlar?" dedilar. Biz: "Ey Allohning elchisi, masjid uzoq, o‘sha yerda
bo‘sh joy bor edi", dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ey bani
Salama, o‘z yeringizda turaveringlar, chunki bosgan izlaringiz yoziladi". Nabiy sollallohu
alayhi vasallamning so‘zlaridan keyin masjidning atrofiga ko‘chishni xohlamay qoldik".
370. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U
zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim jamoat bilan qirq kun namozning bir
rak’atini ham qoldirmay o‘qisa, Alloh taolo unga ikkita omonlik yozadi: biri – do‘zaxdan
omonlik, ikkinchisi – nifoqdan omonlik".
371. Uboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Kim mukammal tahorat qilsa, keyin namoz o‘qishga tursa, ruku’, sajda va
qiroatini komil qilsa, shunda namoz aytadi: "Sen meni saqlaganingdek Alloh ham seni
saqlasin", deb. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda yorug‘lik va nur bo‘ladi. Osmon
eshiklari ochilib, u Alloh taboraka va taolo huzuriga yetadi va egasi uchun shafoat
so‘raydi. Agar namozning ruku’sini, sajdasini, qiroatini zoe’ qilsa, namoz: "Sen meni zoe’
qilganingdek, Alloh ham seni zoe’ qilsin", deydi. Keyin namoz osmonga ko‘tariladi, unda
zulmat bo‘ladi, osmonga yetganda osmon eshiklari yopiladi. Keyin eski kiyim o‘ralgandek
o‘raladi va u bilan egasining yuziga uriladi".
372. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarga
o‘g‘irlikda odamlarning yomoni kimligini aytayinmi?" dedilar. Sahobalar: "Kim u, ey
Allohning elchisi?" deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Namozidan
o‘g‘irlovchi", dedilar. Sahobalar: "Kishi namozidan qanday o‘g‘irlaydi?" deyishdi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ruku’ va sajdasini mukammal
qilmasdan".
Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: "Namoz o‘lchovdir, kim o‘lchovini to‘la qilsa, unga ham
to‘la qilinadi va kim urib qolsa, Alloh taolo o‘lchovdan urib qolganlar haqida nima
deganini bilasizlar".
373. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar. U
zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Munofiqlarga namozning og‘iri xufton va bomdod
namozidir. Agar ikkoviga bo‘lgan ajrni bilganlarida emaklab bo‘lsa ham kelardilar".
374. Burayda Aslamiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
"Qorong‘i kechalarda masjidlarga boruvchilarga qiyomat kunida yorqin nur bo‘lishi
bashoratini beringlar".
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy