www.ziyouz.com kutubxonasi
171
tushsa, darhol namozga kirishardi".
Alloh taolo Yunus (a.s.) qissasida aytadi:
"Agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo‘lmasa edi, albatta, u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni, qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni, halok bo‘lgan) bo‘lur edi" (Saffot, 143-144).
Ibn Abbos ushbu oyatning tafsirida u zotni (a.s.) namozxonlardan bo‘lgan edi, deb
tushuntiradilar.
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Kengchilikda tazarru’ qilish tushayotgan
balodan panoh so‘rashlikdir".
378/1. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Mo‘minga ikki rak’at namoz o‘qishdan ko‘ra
yaxshiroq narsa berilmadi".
Ibn Sirrin (r.a.) aytadilar: "Jannat yoki ikki rak’at namozni tanlash ixtiyori berilganida,
ikki rak’at namozni ixtiyor qilardim. Chunki namozda Allohning rizosi bor, jannatda esa,
mening roziligim".
Aytilishicha, Alloh taolo yetti osmonni yaratganda uni maloikalar bilan to‘ldirdi va ularni
namozga buyurdi. Bas, ular bir soat ham dam olmaydilar. Har bir samo ahliga har xil
ibodatlarni buyurdi. Birlari sur chalinguncha oyoqlarida qiyomda turadi, bir xillari
hamisha ruku’da, bir xillari doim sajdada, yana birlari qanotlarini yoyib, ibodatda bo‘ladi.
Illiyyun va arsh ahllari arshning atrofini tavof qiladi. Rabbilariga hamd va tasbeh aytadi,
yerdagilarga istig‘for so‘raydi. Alloh bu ibodatlarning hammasini mo‘minlar hurmati
uchun bir namozga jam qildi. Toki ular har bir osmon ahli qilgan ibodatdan nasiba olsin.
Va ularga Qur’onni ziyoda etdi, uni namozda tilovat qiladilar. Alloh taolo ulardan
namozning shukrini talab qildi. Namozning shukri uni shart va chegaralari bilan ado
qilishdir. Alloh taolo aytadi:
"(Haq ekaniga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan