www.ziyouz.com kutubxonasi
179
ham teng aytmog‘i.
7. Imomni qavmga malol kelmaydigan darajada kutmog‘i.
8. Masjidda uning joyini olgan kishiga g‘azab qilmasligi.
9. Azon va takbir orasidagi namozni uzun o‘qimasligi.
10. Masjidning tozaligiga e’tibor berib, har xil ifloslardan poklab yurmog‘i va kichkina
bolalarni chetga olmog‘i.
Imom ham o‘zining va unga ergashganlarning namozi to‘kis bo‘lishi uchun o‘nta xislatga
muhtojdir:
1. Allohning kitobini to‘g‘ri o‘qimog‘i.
2. Takbirlari sahih va jazmli bo‘lmog‘i.
3. Ruku’ va sajdasi to‘kis bo‘lmog‘i.
4. Nafsini shubha va haromdan saqlamog‘i.
5. Kiyimini va badanini najosatdan pok tutmog‘i.
6. Qiroatni qisqa qilmog‘i, agar uzaytirsa, qavmning roziligi bilan uzaytirmog‘i.
7. O‘ziga ajablanmasligi, ya’ni, manmanlikka berilmasligi.
8. Allohdan jamiki gunohlarining mag‘firatini so‘ramaguncha namozga kirmasligi, chunki
u orqasidagilarga shafe’dir.
9. Salom bergach, duoni faqat xos o‘zi uchun qilmasligi, agar shunday qilsa, qavmga
xiyonat etgan bo‘ladi.
10. Agar masjidiga g‘arib kishi tushsa, uning ehtiyojlarini so‘ramog‘i.
398. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Besh kishiga jannatning kafolatini beraman. Eriga itoat qiladigan soliha xotin,
ota-onasiga itoatli farzand, Makka safarida vafot etgan kishi, yaxshi xulq egasi, masjidda
imon bilan savob umidida azon aytgan kishi".
399. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Imom – kafil, muazzin –
omonatdor. Ey Parvardigor, imomlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgin va muazzinlarning
gunohlarini kechirgin".
Faqih aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinni "omonatdor" deb nomladilar.
Chunki odamlar unga ro‘zalarini, namozlarini omonat topshiradilar.
Musulmonlarning muazzin ustidagi xaqqi bomdod namoziga bomdod kirmasdan oldin
azon aytmasligidir. Chunki ular namozlarida va saharliklarida shubhaga tushib qoladilar.
Yana odamlar iftorliklarda shubhaga tushmasligi uchun quyosh botmaguncha shom
namoziga azon aytmasligi kerak. Mana shu jihatlarda u "omonatdor" holatdadir.
Imom esa, kafil, deyildi chunki u qavmning namoziga kafil bo‘ladi. Qavmning namozi
uning namozi bilan yo fosid bo‘ladi va yo sahih.
400. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Uch toifa
qiyomat kunida mushkdan bo‘lgan tepalikda turadi. Ularni hisob qo‘rqitmaydi va katta
qo‘rqinchlar xafa qilmaydi. Qavmga imomlik qilgan va qavm undan rozi bo‘lgan kishi;
Allohning roziligi uchun besh vaqt namozga azon aytgan kishi; Parvardigoriga va
xo‘jayiniga itoat qilgan qul".