www.ziyouz.com kutubxonasi
175
Ixlos uch narsa bilan mukammaldir:
– namoz bilan Alloh taoloning roziligini talab qilish, odamlarning rizosini emas;
– tavfiqni Allohdan deb bilmoq;
– namozni qiyomatgacha (ya’ni, o‘lgunicha) saqlamoq, zero, Alloh taolo: "Kim bir
yaxshilik keltirsa..." dedi, "Kim bir yaxshi amal qilsa", demadi. Demak, amalni saqlab
borish zarur.
Namozxon nima qilayotganini va amalining miqdorini bilmog‘i lozim. Chunki namozda
amal va zikrlarning eng yaxshisi jamlangandir. Agar banda namoz o‘qimoqqa tursa va
"Allohu akbar" desa, Alloh taolo: "Bandam Meni hamma narsadan buyuk ekanimni bildi
va Menga yuzlandi", deydi. Ikki qo‘lini ikki qulog‘icha ko‘tarishining ma’nosi Allohni har
qanday sherikdan poklamoqdir. Keyin "subhanakallohumma va bihamdika"ni aytadi.
Uning ma’nosi – Alloh har bir yomonlik va noqislikdan pok va hamd Sen uchundir; "va
tabarokasmuka" – isming barakotli, ulug‘ bo‘ldi; "va ta’ala jadduk" – azamating va
qudrating oliy bo‘ldi; "va la-a ilaha g‘oyruk" – Sendan boshqa yaratuvchi ham, rizq
beruvchi ham, iloh ham yo‘qdir, azalda ham bo‘lmadi, qolganda ham bo‘lmaydi.
Keyin "A’uzu billahi minash-shaytonir rojim", deydi, ya’ni, la’natlangan shaytondan,
uning fitnasidan panoh so‘raydi.
"Bismillahir rohmanir rohim"ni aytadi. "Bismillah" – eng avval, oldin ham, keyin ham
undan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan zot nomi bilan; "rohman" – hamma xalqiga
shafqat bilan rizq beruvchi; "rohim" – faqat mo‘minlarga yaxshilik qiluvchi.
Keyin Fotihai kitobni oxirigacha o‘qiydi, ya’ni, meni g‘azab duchor bo‘lganlardan (ular
yahudiylar), adashganlardan (ular nasorolar) qilmagan, balki nabiylari yo‘liga boshlagan
Zotga hamd bo‘lsin, deydi. Keyin ruku’ qilganda, fikr etadi. Go‘yo aytadiki, ey
Parvardigor, men Sening qudrating oldida bo‘ysunaman, osiy nafs bilan Senga keldim va
Sening azamating uchun bo‘ysundim, shoyad mendan o‘tgan gunohlarni kechirib, menga
rahmat qilsang.
Keyin ulug‘ Parvardigor va karim Mavloga tazarru’ qilgan holda "Subhana robbiyal a’zim"
deydi. So‘ng boshinni ko‘tarib, "Sami’allohu liman hamidah" (kim Allohga hamd aytsa,
uni Alloh eshitadi) deydi. Keyin "Robbana lakal hamd", deydi va buning ma’nosi – "bizni
bu ishga muvaffaq qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin". Keyin sajda qiladi. Sajdaning
ma’nosi xorlik, taslim bo‘lish va tavoze’ga moyil bo‘lishdir. Sajda qilgan odam, ey
Rabbim, Sen mening yuzimni chiroyli qilib qo‘yding, ko‘z, quloq, til berding, bu narsalar
menga sevimli va foydaliroqdir, bu a’zolar bilan Sening oldingga keldim va qudrating
oldiga ularni qo‘ydim, shoyadki menga rahm qilsang, degan ma’noda sajda qiladi.
So‘ng "Subhana rabbiyal a’la" deydi. Ma’nosi – "mening Rabbim pok bo‘ldi va Undan oliy
hech narsa yo‘qdir". Tashahhudda o‘tirsa "attahiyyot"ni o‘qiydi.
"Attahiyyatu lillahi" – mulk, hamd va sano Alloh uchun.
Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Johiliyat zamonida sanamlar bor edi.
Odamlar sanamlarga, senga abadiy hayot bo‘lsin, derdi. Alloh taolo namoz ahliga Alloh
uchun tahiyyot aytib, sanamlarni yolg‘onga chiqarmoqni buyurdi".
Keyin "vas-solavat"ni aytadi, ya’ni, besh vaqt namoz Alloh taolo uchun. Namozni faqat
Alloh uchun o‘qimoq lozim. "Vat-toyyibat" – Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy