Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
166
361. Uqba ibn Omir Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam aytdilar: "Sizlardan qaysi biringiz tahorat qilib bo‘lgandan keyin: 
"Ashhadu alla-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu va anna Muhammadan abduhu 
va rosuluh", desa, jannatning sakkiz darvozasi ochiladi. U yerga xohlaganidan kiradi". 
362. Abu Dardo (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Kim 
besh amalni imon bilan qilsa, jannatga kiradi: Besh vaqt namozlarini o‘z vaqtida o‘qigan, 
tahoratlari, ruku’lari, sajdalarini qilib, zakotini xursand holda ado etgan kishi, Allohga 
qasamki, bu ishni faqat mo‘min qiladi; yana ramazonda ro‘za tutgan, qodir bo‘lsa, 
Allohning uyiga haj qilgan va omonatni ado etgan kishi". 
Abu Dardodan omonatning nimaligini so‘rashdi. U zot (r.a.): "Jinobatdan yuvinish. Alloh 
taolo dinida odam farzandiga bundan ko‘ra omonatroq narsa bermagan", dedilar. 
363. Usmon ibn Affon rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Kim tahoratini Alloh buyurgandek mukammal qilsa va namozni Alloh buyurgandek ado 
etsa, u ikkisi orasidagi gunohlarga kafforat bo‘ladi". 
364. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
bomdod namozi paytida Bilolga: "Ey Bilol! Islomda qilgan pok amalingni menga ayt, 
chunki shu kecha jannatda kovushingning tovushini eshitdim", dedilar. Bilol: "Men 
Islomda umidlik bir ish qilganim yo‘q, lekin kechasimi, kunduzimi, qachon tahorat olsam, 
kam bo‘lsa-da, qodir bo‘lganimcha namoz o‘qiyman", deb javob qildilar. 
Boshqa bir rivoyatda: "Tahorat ketishi bilan uni yangilayman, yangilashim bilan ikki 
rak’at namoz o‘qiyman", deganlar. 
_______________________ 
Tahoratning fazilatlari bobi hadislari
355-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad va boshqalar rivoyat qilgan. 
356-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 
357-hadis. Hasan. Ibn Muborak rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-davo”ga qarang. 
358-hadis. Muttafaqun alayh. 
359-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan. 
360-hadis. Sahih. Nasoiy, Hokim rivoyat qilgan. 
361-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 
362-hadis. Hasan. Abu Dovud, Tabaroniy, Abu Na’im rivoyat qilgan. 
363-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan. 
364-hadis. Muttafaqun alayh.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin