Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
156
"Allohga qasamki, dunyoda ko‘rganlari bu yerga kelgandan keyin hech qanday foyda
bermaydi", debdi.
Rivoyat. Qiyomat kuni Alloh taolo to‘rtta payg‘ambarni to‘rtta toifaga hujjat qiladi.
Sulaymon alayhissalom bilan boylarga hujjat keltiradi. Boy kishi: "Boylik
meni Senga
ibodat qilishdan chalg‘itib qo‘ydi", desa, unga Sulaymonni (a.s.) hujjat qiladi. Aytadiki:
"Sen Sulaymondan ham boy edingmi? Uning boyligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi-
ku".
Qullarga Yusufni (a.s.) hujjat qiladi. Qul: "Men qul edim. Qulligim meni Senga ibodat
qilishdan to‘sib qo‘ydi", desa, "Albatta, Yusufning qulligi uni ibodat qilishdan man
qilmadi-ku", deb aytadi.
Kambag‘allarga Isoni (a.s.) hujjat qiladi. Faqir: "Hojatlarim meni Senga ibodat qilishdan
man qildi", desa, unga aytadi: "Sen hojatmandroqmisan yoki Isomi?
Isoning faqirligi
Menga ibodat qilishdan man qilmadi-ku".
Kasallarga Ayyubni (a.s.) hujjat qilib ko‘rsatadi. Kasal: "Mening kasalligim Senga ibodat
qilishdan to‘sdi", deb aytsa, unga: "Sening kasaling Ayyubning kasalidan qattiqroqmidi?
Uning kasalligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi-ku", deydi.
Qiyomat kunida hech kim uchun uzr bo‘lmaydi.
Solih kishilar (Alloh hammalarini rahmat qilsin) qiyinchilik va kasallikni yomon
ko‘rmasdilar. Chunki unda gunohlarning kafforati bor.
Abu Dardodan (r.a.) zikr qilindi: "Odamlar kambag‘allikni yomon ko‘radilar,
men yaxshi
ko‘raman, ular o‘limni yomon ko‘radilar, men yaxshi ko‘raman. Faqirlikni Rabbimga
tavozu’li va o‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganim uchun yaxshi ko‘raman".
332. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim uch narsa bilan rizqlansa,
oxirat va dunyo yaxshiligi bilan rizqlanadi: Qazoi-qadarga rozi bo‘lsa, balolarga sabr
etsa, rohat vaqtida duo qilsa".
333. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam yotgan edilar,
bir kishi kelib: "Nimadan shikoyat qilasiz?" deb so‘radi. "Ochlikdan", dedilar. Haligi kishi
bu gapni eshitib yig‘ladi, keyin ishlagani ketdi. Odamlarga suv ulashib, har bir chelagiga
bitta xurmo oldi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga xurmo olib keldi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Bu
qilgan ishing meni yaxshi
ko‘rishingdanmi?" "Allohga qasamki, sizni yaxshi ko‘raman", dedi u. Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam: "Agar sodiq bo‘lsang, balolar uchun libos tayyorlagin. Allohga
qasamki, meni yaxshi ko‘rgan kishiga balolar tog‘dan tushgan seldan ham tezroq
keladi", dedilar".
334. Uqba ibn Omir (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U
zot aytdilar: "Agar Alloh taolo bandaga yaxshi ko‘rgan narsasini berganini ko‘rsangiz va
u gunohlar ustida muqim turgan bo‘lsa, bilinglarki, bu ish istidrojdir" (istidroj –
vaqtinchalik imkon berib qo‘yish – muharrir). Keyin bu oyatni o‘qidilar:
Dostları ilə paylaş: