www.ziyouz.com kutubxonasi
155
Kelib u narsalarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ustilaridan olib tashladi va
mushriklarni qarg‘adi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozlarini tugatganlaridan keyin
ovozlarini ko‘tarib, ularni duoibad qildilar. "Ey Parvardigor, bu Qurayish Sening o‘zingga
havola", dedilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu duolarini eshitib,
birdan kulgidan to‘xtashdi. U kishini duosidan qo‘rqqan edilar. So‘ng aytdilar: "Ey
Parvardigor, Abu Jahl, Uqba, Utba, Shayba, Valid ibn Utba va Umayya ibn Xalaflar Senga
havoladir". Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haq bilan yuborgan Zotga qasamki,
u zot nomlarini aytib duoibad qilganlarning Badr jangida o‘ldirilganini ko‘rdim", deydilar
Ibn Mas’ud (r.a.).
Abdulloh ibn Hars Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambarlardan birlari
Allohga shikoyat qilib aytibdiki: "Ey Rabbim! Mo‘min bandang Senga itoat qilib,
gunohlardan saqlanadi, Sen esa undan dunyoni qisib, balolar yuborasan. Kofir bandang
Senga itoat etmaydi, isyonga jur’at qiladi, undan balolarni daf etib, dunyoni keng
qilasan!" Alloh taolo unga vahiy qildi: "Bandalar ham, balolar ham Meniki. Hammasi
Meni maqtab, hamd aytadi. Mo‘min kishining ham gunohlari bo‘ladi, Men undan dunyoni
qisib qo‘yaman va unga balolarni yuboraman, Menga yo‘liqqan vaqtida balolar unga
kafforat bo‘ladi va uni yaxshi amallari uchun mukofotlayman. Kofirning ham ba’zi yaxshi
amallari bo‘ladi, Men undan balolarni to‘xtatib qo‘yaman, rizqini mo‘l qilib beraman va
Menga yo‘liqqan vaqtda yomonliklari uchun jazolayman".
331. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan
rivoyat qiladilar: "Alloh taolo bir bandaga yaxshilikni xohlasa, unga baloyu ofatlarni
yuboradi, hatto seldek oqizib qo‘yadi, qachonki u banda Allohga duo qilsa, farishtalar
aytishadiki: "Ey Parvardigor, bir yaxshi ovoz keldi", deb. U banda ikkinchi marta duo
qilib: "Ey Parvardigor!" desa, Alloh taolo: "Labbay, qulim, hozir nimani so‘rasang,
beraman yoki sendan biror yomonlikni daf qilaman yoki undan ko‘ra yaxshirog‘ini
qiyomatga olib qo‘yaman", deydi.
Qiyomat kunida yaxshi amallarni – namoz, ro‘za, sadaqa, haj ibodatlarini qilgan odamlar
keltirilib, amallari taroziga qo‘yiladi. Keyin balo yuborib sinalgan kishilar keltiriladi,
ammo ularning amallari taroziga ham qo‘yilmaydi, kitoblari ham ochib ko‘rilmaydi,
ularga ajru savoblar son-sanoqsiz to‘kib yuboriladi. Shunda bu dunyoda sog‘-salomat
yashab o‘tgan kishilar baloga duchor bo‘lgan kimsalarning savoblarini ko‘rib, qaniydi
dunyoda bizning badanlarimiz qaychi bilan kesib-tilib tashlanganida, deb orzu qilishadi".
Bu hol Alloh taoloning: