www.ziyouz.com kutubxonasi
253
salovot aytadi, darajasini o‘n marta ko‘paytiradi va o‘nta gunohini o‘chiradi".
Faqih aytadilar: Otam bunday hikoya qilar edilar: "Sufyoni Savriy tavof qilib
yurganlarida, oyog‘ini har ko‘tarib qo‘yganida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga
salovot aytayotgan kishini ko‘rdilar. "Ey Allohning bandasi, tasbeh, tahlillarni tark qilib,
Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot o‘qiyapsan. Bunga biron hujjating
bormi?" dedilar u zot. Haligi kishi: "Alloh ofiyat qilsin, siz kim bo‘lasiz?" deb so‘radi.
"Men Sufyoni Savriyman", dedilar. Haligi kishi: "Agar siz zamonimizning g‘aribi
bo‘lmaganingizda, holimning xabarini aytmasdim, sirimni bildirmasdim", dedi. So‘ng
ushbularni so‘zladi: "Otam ikkimiz Allohning baytini ziyorat qilish uchun chiqdik. Bir
manzilga yetganimizda otam kasal bo‘lib qoldi. Men u kishini davolashga tushdim.
Xullas, bir kuni tepasida turganimda otam vafot etdi va yuzi qorayib ketdi. Men: "Inna
lillahi va inna ilayhi roji’un", deb yuziga ro‘mol yopib o‘rab qo‘ydim. Ko‘zimga uyqu kelib
uxlab qolibman. Tushimda bir kishini ko‘rdim, hayotimda hali bunchalik yuzlari chiroyli,
kiyimlari pok va hidlari iforli kishini ko‘rmagan edim. Ohista yurib, otamning oldiga keldi.
Yuzidan ro‘molni olib, qo‘llari bilan siladi. Otamning yuzi oppoq bo‘lib qoldi. Keyin
ketmoqchi bo‘lib burildi. Kiyimidan ushlab: "Ey Allohning bandasi, siz kim bo‘lasiz,
nechuk siz tufayli bu musofirlikda otamni Alloh bunchalik siyladi?" dedim. Aytdilar: "Meni
tanimayapsanmi, men Muhammad ibn Abdulloh, Qur’on sohibiman. Ammo otang nafsiga
zarar qilib qo‘ygan edi. Lekin menga ko‘p salovot aytardi. U mana shu holga tushgach,
mendan yordam so‘radi, men ko‘p salovot aytuvchilarga yordam beraman". So‘ng
uyg‘onib ketdim. Bu payt otamning yuzi oppoq bo‘lib qolgan edi".
627. Amr ibn Dinor Abu Ja’fardan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Kim menga salovot aytishni unutsa, u jannat yo‘lidan adashibdi".
628. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To‘rtta narsa jafodir: Tik turib
siymoq, namozdan chiqmasdan peshonasini artmoq, azonni eshitib turib, muazzin
shohidlik berganidek shohidlik bermaslik, men zikr qilinsam, menga salovot aytmaslik".
629. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Menga salovot aytinglar, chunki menga salovot aytish sizlar uchun zakotdir. Va
Allohdan men uchun vasila so‘ranglar". Sahobalar so‘rashdi: "Vasila nima, yo
Rasululloh?" Aytdilar: "Jannatdagi oliy daraja. Unga faqat bir kishi yetadi va o‘sha kishi
men bo‘lishimni xohlayman".
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Sizlar
uchun zakotdir", deganlarining ma’nosi sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiluvchi,
poklovchi deganidir. Agar Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam salovot aytganga u
zotning shafoatlaridan boshqa savob berilmasa ham, shuning o‘zi kifoya qiladi.
Salovotda mag‘firat va Allohdan rahmat bordir, u bilan shafoat umid qilinadi. Demak,
oqil kishi bu narsadan g‘ofil bo‘lmasligi kerak.
630. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Kim menga bir marotaba salovot aytsa, unga Alloh taolo o‘n marta salovot
yuboradi va undan o‘nta xatosini o‘chiradi".
Agar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish boshqa ibodatlardan
afzalroq ekanini bilishni xohlasang, Alloh subhonahu va taoloning ushbu so‘zlarini
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy