ELLIK UCHINCHI BOB
TASBEH AYTISH HAQIDA
615. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan hadis
aytdilar: "Ikki kalima borki, tilga yengil, torozida og'ir, Rahmonga sevimlidir:
Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil 'azim".
616. Xolid ibn Imron rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
qavmlarining oldiga chiqdilar va: "Qalqonlaringizni olinglar", dedilar. "Ey Allohning
elchisi, qanday dushman keldi?" deb so‘rashdi sahobalar. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: "Yo‘q, do‘zaxdan", dedilar. "Do‘zaxdan bizga qalqon nima?" deb so‘rashdi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha
illallohu vallohu akbar, la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym. Bu
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
251
kalimalar qiyomat kuni egalarini jannatga kirgizuvchi, do‘zaxdan to‘siq bo‘luvchi va
egasining nomidan hujjat keltiruvchi bo‘ladi", dedilar.
617. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Isrofil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga kelib: "Ey Muhammad, subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha
illallohu vallohu akbar, la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘azim, deb ayting.
Adadini faqat Alloh biladi, og‘irligini faqat Alloh biladi. Mo‘lligini ham faqat Alloh biladi.
Kim bu kalimalarni bir marta aytsa, Alloh unga beshta xislatni yozadi. Allohni ko‘p zikr
qiluvchi, deb yozadi; kechayu kunduzi zikr qilgan odamdan afzal bo‘ladi; uning uchun
jannatda bir daraxt yoziladi; gunohlari daraxtning quruq barglari to‘kilgandek to‘kiladi;
Alloh unga nazar qiladi va kimga Alloh nazar qilsa uni azoblamaydi".
Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taolo Arshni yaratganda homil (ko‘taruvchi)
farishtalarga uni ko‘tarishni buyurdi. Arsh ularga og‘ir keldi. Alloh taolo: "Subhanalloh,
deb aytinglar", deb buyurdi. Farishtalar, subhanalloh, deyishdi, shunda ularga yengil
bo‘ldi. Ular Alloh Odam alayhissalomni yaratguncha subhanalloh deb turishdi. Odam
(a.s.) aksa urganida Alloh taolo uni alhamdulillah deyishga ilhomlantirdi. Alloh taolo
aytdi: "Senga Rabbing rahm qildi va sen mana shuning uchun yaratilding". Maloikalar
shunda: "Ikkinchi kalima ham ulug‘ ekan. Bizlar undan g‘aflatda qolmaslimiz kerak",
deyishib uni oldingisiga qo‘shishdi.
Bir necha vaqt farishtalar, subhanallohi valhamdullillahi, deb aytib yurishdi, bu hol Nuh
(a.s.) zamonlarigacha davom etdi. Birinchi bo‘lib sanam tutgan qavm Nuh (a.s.)
qavmlari edi. Alloh taolo Nuh (a.s.) qavmlarini, la-a ilaha illalloh, deb aytishga buyurdi.
Shunda ulardan rozi bo‘lishini bildirdi. Farishtalar o‘shanda: "Uchinchi kalima ham ulug‘
va sharafli ekan. Biz bundan g‘aflatda qolmasligimiz kerak", deyishib, uni oldingi ikki
kalimaga qo‘shishdi. Uzoq muddat subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illalloh
kalimasini aytib yurishdi. Bu hol Ibrohim alayhissalom payg‘ambar bo‘lib kelgunlaricha
davom etdi. Alloh taolo Ibrohimga (a.s.) qurbonlik qilishni buyurdi. Keyin qo‘chqor berdi.
Qo‘chqorni ko‘rganlarida u zot xursand bo‘lib, Allohu akbar, dedilar. Farishtalar aytishdi:
"Bu kalima ham ulug‘ va sharafli ekan", deb uni oldingi uchtasiga qo‘shishdi va
subhanallohi valhamdulillahi la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytib yurishdi. Vaqtiki
Jabroil alayhissalom bu gaplarni Payg‘ambarga sollallohu alayhi vasallam aytgan edi, u
zot shodlanib: "La-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim", dedilar. Shunda
Jabroil alayhissalom: "Bu kalimani oldingilariga qo‘shing", dedi.
618. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Alloh taolo sizlarga rizqingizni taqsimlagandek,
axloqlaringizni ham taqsim qilgan. Alloh taolo yaxshi ko‘rgan-ko‘rmagan bandasiga mol-
dunyo beraveradi. Ammo imonni faqat yaxshi ko‘rganiga beradi. Alloh bandani yaxshi
ko‘rsa, imon beradi. Kim molidan infoq berishga baxillik qilsa, dushmanga qarshi
urushishdan qo‘rqsa, kechasidan xavflansa, la-a ilaha illallohu vallohu akbar,
subhanallohi valhamdulillah, deb aytishni ko‘paytirsin".
619. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalolam aytdilar:
"Subhanallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytish butun
quyosh nuri yetgan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir".
621. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ashoblarini sadaqa
qilmoqqa buyurdilar. Odamlar sadaqa bera boshlashdi. Abu Umoma Bohiliy Rasululloh
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |