www.ziyouz.com kutubxonasi
258
maloikalarning nazdida ham ulug‘ bo‘ladi, Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi
dengizning ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti
ham yaxshi holda bo‘ladi.
1. Har ishni "bismilloh" bilan boshlasa.
2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin alhamdulillah, desa.
3. Agar tiliga ozmi-ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin
astag‘furulloh, desa.
4. Agar ertaga bu ishni qilaman desa, ketidan inshaalloh so‘zini aytsa.
5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil
azim, desa.
6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat tushsa, inna lillahi va inna ilayhi
roji’un, desa.
7. Va kecha-yu kunduz tilidan la-a ilaha illalloh kalimasi tushmasa.
642. Amr ibn Dinor Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar: "Bizlarga Maoz ibn Jabaldan
(r.a) eshitgan bir kishi aytdiki: "Maozga o‘lim kelganida: "Ustimni ochib qo‘yinglar, –
dedilar. Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganim hadisni sizlarga aytib
bermoqchiman, shu paytgacha uni aytib yurganlaringiz uchun men indamagan edim.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Kim la-a ilaha illalloh kalimasini ixlos qilgan
holatda aytsa, jannatga kiradi", degan edilar".
643. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga o‘lim vaqtida la-a ilaha
illalloh so‘zini talqin qilinsa, jannatga kiradi".
644. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlari rivoyat qilingan: "Kimning
dunyodagi oxirgi kalomi la-a ilaha illalloh bo‘lsa, jannatga kiradi".
645. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga Nuh (a.s.) o‘g‘illariga
buyurgan ishning xabarini beraymi? Nuh (a.s.) : "Ey o‘g‘licham, senga ikki ishni buyurib,
ikki ishdan qaytaraman, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu so‘zini aytishga
buyuraman. Chunki osmon va yer torozining bir pallasiga qo‘yilsa, la-a ilaha illalloh
ikkinchi pallasiga qo‘yilsa, shahodat kalimasi og‘ir keladi. Va yana subhonallohi va
bihamdihni aytishni buyuraman. Chunki u maloikalarning saloti, maxluqotning duosi. Va
xalq uning bilan rizqlanadi. Seni Alloh taologa biron narsani sherik qilishdan
qaytaraman. Chunki kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Va
yana seni kibrdan qaytaraman. Chunki kishining qalbida xardalning urug‘ichalik kibr
bo‘lsa, jannatga kirolmaydi", dedilar".
646. Xabarda rivoyat qilinishicha, "Kim ixlos qilgan holda la-a ilaha illalloh desa,
jannatga kiradi".
Bu so‘zda ixlos kalimasi shart qilindi. Agar ixlosi gunohlardan qaytarmasi, u haqiqiy ixlos
bo‘lmaydi, agar so‘zi (ya’ni, shahodati) uni gunohlardan qaytarmasa, u ixlos haqiqiy
emas. Va yana qo‘rqish lozimki, bu so‘z, ya’ni, ixlos kalimasi omonatga berilgan
narsadir, zero, omonat qaytarib olinishi ham mumkin.
Faqih aytadilar: Odamlar imonlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Ulardan ba’zilariga imon atoi
ilohiy va ba’zilariga oriyatga (ya’ni, foydalanib turishga – muh.) berilgan bo‘ladi. Ilohiy
berilgan imoni uni gunohdan man’ etadi va toatlarga targ‘ib qiladi. Ammo oriyatga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy