www.ziyouz.com kutubxonasi
266
kirishga izn bermadim".
Solih Marriydan (r.a.) zikr qilinadi: U kishi amirul mo‘mininning oldiga kirdilar va uning
yostig‘i ustiga o‘tirdilar. So‘ngra: "Hasan aytib to‘g‘ri aytdi", dedilar. Amirul mo‘minin:
"Hasan nimani aytdi?" deb so‘radi. "Hasan, ilm sharaflining sharafini ziyoda qiladi, qulni
ozodlar manziliga yetkazadi, degan edi. Yo‘qsa, Solih Marriy kim bo‘libdiki, amirul
mo‘mininning yostig‘iga o‘tirsin?!" dedilar.
675. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Ilmni Xitoyda bo‘lsa ham talab qilinglar. Chunki
ilmni talab qilish har bir muslim va muslimaga farzdir".
Avn ibn Abdulloh rivoyat qiladi: "Bir kishi Abu Zarr Fiforiyning (r.a.) oldilariga kirdi va
aytdiki: "Men ta’lim olmoqni xohlagan edim, lekin uni zoe’ qilib, unga amal qilmay
qolishimdan qo‘rqaman". Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytdilar: "Sening ilm bilan o‘ralib
qolishing johillikka o‘ralib qolishingdan ko‘ra yaxshidir". U odam keyin Abu Dardoning
(r.a.) oldilariga borib, boyagi gapni aytdi, Abu Dardo: "Albatta, odamlar qanday holatda
o‘lsalar, shu holatda tiriladilar. Olimni olim holatida tiriltiradi, johilni johil holatida", deb
javob qildilar. Keyin Abu Hurayra (r.a.) huzurlariga borib, ikkalasiga aytgan boyagi gapni
aytdi. Abu Hurayra (r.a.): "Mavjud narsani tashlab qo‘yishdan ko‘ra uni zoe qiluvchi
bo‘lmaysan", dedilar.
676. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga ibodat qilishda dinning faqihi
bo‘lishdan afzalroq narsa yo‘qdir. Bitta faqih shaytonga mingta obiddan qattiqroqdir. Har
bir narsaning ustuni bo‘ladi, dinning ustuni fiqhdir".
Xabarda zikr qilinishicha, Basra ahllari ixtilof qilishdi. Ba’zilari, ilm moldan afzal,
deyishsa, ba’zilari, mol ilmdan afzal, deyishdi. So‘ngra Ibn Abbosga (r.a.) bir kishini
yuborishdi. Elchi kelib, u kishidan shu masalani so‘radi. Ibn Abbos aytdilar: "Ilm
afzaldir". Elchi: "Agar mendan hujjat so‘rashsa, nima deb javob berayin?" dedi. Ibn
Abbos: "Ularga ayt, ilm payg‘ambarlarning merosi, mol esa, fir’avnlarning, ilm seni
qo‘riqlaydi, sen molni qo‘riqlaysan. Albatta, ilmni Alloh yaxshi ko‘rganigagina berur,
molni esa yaxshi ko‘rganiga ham, yaxshi ko‘rmaganiga ham beraveradi. Ko‘proq yaxshi
ko‘rmaydiganiga beradi. Allohning ushbu so‘ziga qaramaysanmi: