Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

 
ELLIK SAKKIZINCHI BOB 
ILMGA AMAL QILISH
677. Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Anas ibn Molik (r.a.) 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishlaricha, u zot aytdilarki: 
"Ulamolar payg‘ambarlarning Alloh bandalari ustidagi aminlaridir. Modomiki, sultonlarga 
aralashmasalar va dunyoga berilmasalar. Agar dunyoga kirsalar, payg‘ambarlarga 
xiyonat qilgan bo‘ladilar. Bas, unda ulardan uzilinglar va saqlaninglar". 
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ta’lim olmay olim bo‘lmaydi. Ilmiga amal qilmasdan ham 
olim bo‘lolmaydi". 
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir marta vayl bo‘lsin kim bilmagan bo‘lsa, yetti marta, vayl 
bo‘lsin bilib, unga amal qilmagan bo‘lsa". 
Yana u kishidan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Menga qiyomat kuni: "Ey Uvaymir, nima 
o‘rganding?" deb aytilmog‘idan qo‘rqmayman. Lekin qiyomat kuni mendan: "Ey 
Uvaymir, bilgan narsangga qanday amal qilding?" deb so‘ralmog‘idan qo‘rqaman". 
Iso ibn Maryam (alayhumassalom) aytgan ekanlar: "Kim bilsa, amal qilsa va o‘rgatsa, 
uni osmon saltanatida azim deb chaqiriladi". 
Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat. U kishi Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) so‘radilar: 
"Ilmning egalari kimlar?". "Unga amal qiluvchilar", dedilar. "Kishilarning qalbidan ilmni 
nima chiqaradi?" deb so‘radilar. "Tama’", deb javob qildilar. 
Iso ibn Maryam (alayhumassalom) aytganlar: "Chiroq ko‘tarib yurgan ko‘r kishining 
chirog‘i boshqalarga nur taratishidan unga nima foyda? Tashqarida turgan chiroqdan 
qorong‘u uyga nima foyda? Amal qilmaganingizdan keyin hikmatni gapirib 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
268
yurishingizdan nima foyda?" 
Yana Iso alayhissalomdan rivoyat: "Daraxtlar ko‘p, lekin hammasi ham mevali emas. 
Ulamolar ko‘p, ularning hammalari yo‘l ko‘rsatuvchi emas. Mevalar ko‘p, ularning 
hammasi birday shirin emas. Ilmlar ko‘p, ularning hammasi ham foydali emas". 
Avzoiy aytadilar: "Kim bilgan narsasiga amal qilsa, bilmagan narsalariga ham muvaffaq 
bo‘ladi". 
678. Sahl ibn Abdulloh aytadilar: "Olimlardan tashqari hamma odamlar o‘likdir, 
olimlarning ilmiga amal qilayotganidan tashqari hammasi mastdir. Amal qiluvchilarning 
muxlislaridan (ixlosmandlaridan) boshqa hammasi g‘ururga ketgandir. Ixlos bilan amal 
qilganlar xatardadir". 
679. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Hamma olimlarning ham oldida 
o‘tiravermanglar, agar beshta narsadan beshta narsaga chaqirsa, o‘tiringlar. Gumondan 
ishonchga, kibrdan tavozu’ga, dushmanlikdan nasihatga, riyodan ixlosga, rag‘batdan 
zohidlikka". 
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Agar olim ilmiga amal 
qilmasa, johil undan ilm olishdan o‘zini tortadi. Chunki olim ilmiga amal qilmasa, ilm 
o‘ziga ham, boshqaga ham foyda bermaydi, agarchi ilmni sandiqlarda yig‘sa ham, chunki 
bizlarga yetdiki, Bani Isroildan bir kishi sakson sandiqqa ilmni jam qilgan ekan. Alloh 
taolo o‘sha olimning Payg‘ambariga vahiy qilibdiki, bu hakimga ayt, agar yana bunga 
o‘xshashini yig‘sa ham, mana bu uch narsaga amal qilmasa, foyda bermaydi. 
1. Dunyoni yaxshi ko‘rmaslik, chunki u mo‘minlarning uyi emas. 
2. Shayton bilan do‘stlashmaslik, chunki u mo‘minlarga yo‘ldosh bo‘lmagan. 
3. Mo‘minlarga aziyat bermaslik, chunki bu mo‘minlarning kasbidan emas". 
Sufyon ibn Uyayna (r.a.) aytadilar: "Ilmsizlik kishiga husn emas. Kim bilgan narsasiga 
amal qilsa, u odamlarning olimrog‘idir. Kim bilgan narsasiga amal qilmasa, u johildir. 
Shuning uchun ham, olimning bitta gunohi kechirilguncha, johilni yetmishta gunohi 
kechiriladi, deyilgan". 
Xabarda keladiki, maloikalar uch narsaga taajjublanar ekan: Fosiq olimga, odamlarga 
gapirib o‘zi amal qilmaydi. Ganju g‘ishtdan bino qilingan fojirning qabriga va fojirning 
tobutidagi naqshga. 
Aytilishicha, hasratning eng qattig‘i qiyomat kunida uchta ekan: Bir kishiki, uning solih 
quli bo‘lib, u jannatga kiradi, o‘zi esa, do‘zaxga tushadi. Yana bir kishi mol to‘playdi, 
lekin Allohning haqqini (zakotni) bermaydi, so‘ng o‘ladi va merosxo‘rlari u moldan infoq 
qilib, do‘zaxdan qutulib qoladi, molni to‘plagan kishi esa, do‘zaxga tushadi. Yomon olim
u odamlarga gapirib yuradi. Odamlar uning ilmi bilan najot topishadi. U esa, do‘zaxga 
ketadi. 
Hasan Basriyga (r.a.) bir kishi aytdi: "Bizlarning faqihlar bu-bu gaplarni aytyapti". Hasan 
Basriy hazratlari aytdilar: "Hech bir faqihni ko‘rganmisan? Faqih dunyoda zohid, oxiratga 
rag‘bat qiluvchi, dinida zakiy va Rabbiga ibodatda davomli bo‘lgan kishidir". 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin