www.ziyouz.com kutubxonasi
270
had va farzlarini bilmaydi. Allohning amriga olim-u, o‘ziga olim bo‘lmagan kishi Allohning
had va farzlarni biladi, lekin Allohdan qo‘rqmaydi.
Faqih aytadilar: "Otam (rahmatullohi alayh): Abdulloh ibn Janohdan Abu Hafsning
shunday deganlarini aytib berdilar: "O‘nta narsa olimning darajasini ko‘taradi: Allohdan
qo‘rquv, nasihat, shafqat, musibatni ko‘tarish, sabr, muloyimlik, tavozu’, odamlarning
mollarida iffatli bo‘lish, kitoblarga qarashni davom ettirish, hojibning (eshik og‘alari) oz
bo‘lishi, ya’ni, uning oldiga kirishga mone’lik bo‘lmasligi va eshigi past tabaqadagilar
uchun ham, yuqori tabaqadagilar uchun ham ochiq bo‘lishi. Chunki bizlarga xabari
yetdiki, Dovud (a.s.) hojiblarning qattiqligi tufayli sinovga yo‘liqqan ekanlar".
Abu Hafs aytadilar: "O‘nta narsa odamlarning o‘nta toifasi uchun yomondir. Sultondagi
tezlik, boylardagi baxillik, ulamolardagi tama’, kambag‘allardagi hirs, taniqli odamlarda
hayoning ozligi, qarilar o‘zlarini yoshlardek tutishi, erkaklarning ayollarga va ayollarning
erkaklarga o‘xshashi, zohidlarning dunyo ahli eshiklariga kelishi, bandalardagi johillik".
Fuzayil ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Agar olim dunyoga rag‘bat qilib, hirs qo‘ysa, u bilan
birga o‘tirish johilning johilligini, fojirning fojirligini ziyoda qiladi va mo‘minning qalbini
qotiradi".
Hakimlardan biri aytadi: "Hakimlarning so‘zi ahmoqlar uchun ermak, ovunchoqdir va
ahmoqlarning so‘zi hakimlar uchun ibratdir", ya’ni, ahmoqlar hakimlarning gapini
eshitsa, ularning kalomlarini chiroyli sanaydilar va bu ermak o‘rnida bo‘ladi. Ammo
hakimlar ahmoqlarning gaplarni eshitib, yomonlikni ko‘rib, undan ibrat oladilar va unga
o‘xshaganlardan saqlanadilar.
Aytiladi: Ahmoqlarning himmati eshitish, olimlarning himmati rivoyat, zohidlarning
himmati rioya etish, ya’ni, uni mahkam tutib, amal qilishdir.
______________