Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin” derlar”



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin” derlar”
(Zumar surasi, 24-oyat), deb shukrona 
aytadilar. 
5. Jannatda joylashgan vaqtlarida aytadilar:
“Va ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni 
ketkazgan zot – Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz 
mag‘firatli va o‘ta shukr qilguvchidir. U o‘z fazlu marhamati bilan bizlarni 
mangu turadigan bir diyorga tushirdi” 
(Fotir surasi, 34 –35- oyatlar).
6. Ovqatdan forig‘ bo‘lganlaridan keyin aytadilar:
“Hamdu sano butun olamlar xojasigadur”
(Fotiha surasi, 1-oyat). 
Hakimlardan bittasi aytadi: “To‘rt narsada shukr qildim: 
1. Alloh taolo maxluqlardan ming xilini yaratdi, so‘ng ularning ichida odamni ulug‘ etdi 
va meni ham odam farzandidan yaratdi. 
2. Erkaklarni xotinlardan fazilatli etdi va meni erkak qilib yaratdi. 
3. Islomni dinlarning afzali etdi va meni musulmonlardan qildi. 
4. Muhammadning (s.a.v.) ummatlarini ummatlar ichida eng yaxshi ekanini ko‘rdim va 
meni ham u zotning (s.a.v.) ummatlaridan qildi”. 
Shukr ikki xil bo‘ladi: umumiy va xususiy. 
Umumiy shukr til bilan hamd aytish, Allohning ne’matlarini e’tirof etishdir. Xos shukr til 
bilan hamd aytish, qalb bilan tanish va ruknlar bilan xizmat etish hamda halol bo‘lmagan 
narsalardan tilini va a’zolarni saqlashdir. 
Muhammad ibn Ka’bdan rivoyat etiladi. U kishi aytadilar: “Shukr - Allohning:
“(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning) shukronasi 
uchun amal-ibodat qilinglar”
(Saba’ surasi, 13-oyat), degan so‘ziga amal qilishdir”. 
695. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) dedilarki: “Ikki xislat kimda bo‘lsa, Alloh uni shukr va sabr etuvchi, deb yozib 
qo‘yadi. Biri – dindorlikda o‘zidan baland bo‘lgan kishiga qarab, unga ergashish va 
ikkinchisi – dunyoda o‘zidan past bo‘lgan kishiga qarab, so‘ngra Allohga hamd aytish». 
Faqih aytadilar: «Shukrning mukammalligi uch narsa bilandir: Alloh sizga bir narsa 
bersa, kim orqali berayotganiga qarashingiz va Unga hamd aytmog‘ingiz; bergan 
narsasiga rozi bo‘lmog‘ingiz; modomiki, o‘sha sizga ato qilingan narsa jasadingizga 
quvvat berar ekan, u tufayli Allohga osiylik qilmasligingiz lozim bo‘ladi”. 
Maymun ibn Mahron Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Alloh taoloning yaratgan 
bandalari ichida muxtor-tanlanganlari bor, ular yaxshilik qilsalar, xursand bo‘ladilar, 
gunoh qilsalar, mag‘firat so‘raydilar, ne’mat kelsa, shukr aytadilar, balolarga duchor 
bo‘lsalar, sabr qiladilar. 
Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Sulaymon ibn Dovud (alayhissalom) ulovlariga 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
278
minganlarida, qavmlaridagi odamlar kelib shunday dedilar: “Ey Allohning rasuli, sizga 
oldingilarga berilmagan biron narsa ato qilinganmi?” Sulaymon (alayhissalom) aytdilar: 
“To‘rt xislat kimda bo‘lsa, Dovud oilasiga berilgan dunyo matolaridan ham yaxshiroq 
narsalar berilibdi: Allohdan oshkora va yashirin holatda qo‘rqish, kambag‘allik va 
boylikda o‘rtacha bo‘lish, rozilik va g‘azab holatida adolatli bo‘lish, xursandchiligu 
xafalikda Allohga hamd aytish”. 
Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.): “Odamlarning qaysisi ne’matga boy?” deb so‘rashdi. 
Aytdilarki: “Azobdan omonda bo‘lib, savob kutayotgan tuproqdagi jasad”. 
___________________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin