Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
273
Islomda ulushi bo‘lgan kishi ulushi bo‘lmagan kishi kabi emas; kishi yaxshi ko‘rgani bilan 
birgadir. Shuningdek, to‘rtinchi narsa ham borki, agar unga qasam ichsam, adashmagan 
bo‘laman: Alloh taolo biron bandaning gunohini bu dunyoda yashirsa, oxirat kuni ham 
yashiradi”. 
Abu Hurayra (r.a.) bir kuni bozorga kirib: “Ey odamlar, sizlar bu yerda yuribsizlar, 
masjidda esa Muhammadning (s.a.v.) meroslarini tarqatishyapti”, dedilar. Odamlar
bozorni tashlab, masjidga yugurishdi. Bir pasdan so‘ng qaytib kelishib: “Ey Abu Hurayra, 
biz meros tarqatilayotganini ko‘rmadik”, deyishdi. U kishi : “Nimani ko‘rdinglar?” deb 
so‘radilar. “Bir qavm Allohni zikr qilayotganini, Qur’on o‘qiyotganini ko‘rdik”, deyishdi. 
Abu Hurayra aytdilar: “O‘sha narsalar Muhammadning (s.a.v.) meroslaridir”. 
Alqama ibn Qays aytadilar: “Bir qavm oldiga Alloh taolo haqida so‘ramoqqa yoki ular 
mendan so‘ramoqlari uchun borishim Alloh yo‘lida jihod qilishimdan mahbubroqdir”. 
686. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Bir qavm Allohni zikr qilish uchun o‘tirsa, 
osmondan ularga: “Qoim bo‘linglar, sizlarning gunohlaringiz yaxshilikka almashtirildi va 
hamma gunohlaringiz kechirildi”, deb nido qilinadi. Yer ahli Allohni zikr qilish uchun 
o‘tirsa, ular bilan farishtalar guruhi ham birga o‘tiradi”. 
Shaqiq Zohid (rahmatullohi alayh) aytadilar: “Insonlar majlisdan uch sinf bo‘lib 
turadilar: haqiqiy kofir, haqiqiy munofiq, haqiqiy mo‘min.Chunki men Qur’onni tafsir 
qilaman, Allohdan va Payg‘ambardan gapiraman. Kim mening so‘zlarimni tasdiqlamasa, 
u haqiqiy kofirdir. Kimning qalbi bu gaplardan siqilsa, u haqiqiy munofiqdir. Kimki qilib 
qo‘ygan gunohlaridan pushaymon bo‘lsa va bundan keyin gunoh qilmaslikka niyat 
bog‘lasa, u haqiqiy mo‘mindir”. 
Faqih aytadilar: «Kim sakkiz kishi bilan o‘tirsa, sakkiz narsa ziyoda qilinadi: 
1. Boylar bilan o‘tirsa, Alloh unda dunyoga muhabbat va rag‘batni ziyoda qiladi. 
2. Faqirlar bilan o‘tirsa, shukr va Allohning taqsimotiga rozilikni ziyoda qiladi. 
3. Podshohlar bilan o‘tirsa, kibr va qalbi qattiqlikni ziyoda qiladi. 
4. Xotinlar bilan o‘tirsa, ilmsizlik va shahvatni ziyoda qiladi. 
5. Bolalar bilan o‘tirsa, o‘yin va masxara bo‘lishni ziyoda qiladi 
6. Fosiqlar bilan o‘tirsa, gunoh va osiylikka jur’ati oshadi. So‘ng gunohlarga bemalol 
boradi va tavba qilishni kechiktiradi. 
7. Solih kishilar bilan o‘tirsa, ibodatlarga rag‘batini kuchaytiradi. 
8. Olimlar bilan o‘tirsa Alloh unda ilm va taqvoni ziyoda qilad». 
Aytishlaricha, Alloh taolo uch paytdagi uyqu va uch joydagi kulguni yomon ko‘radi: zikr 
majlisi paytidagi uyqu, bomdoddan keyingi va xuftondan oldingi uyqu, farz namozi 
vaqtidagi uyqu; tobutning ortidan kulish, ilm majlisida kulish, qabristonda kulish. 
Abu Yahyo Varroq aytadilar: “Musibat to‘rtta:--jamoat namozida birinchi takbirdan 
kechikish; ilm majlisini o‘tkazib yuborish; dushmanga qulay hujum fursatini boy berish; 
Arofat tog‘idagi vuquf vaqtining o‘tib ketishi”. 
Aytishadiki, olimlar majlisi – dinning islohi, fosiqlar majlisi esa, din uchun jarohatdir.


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin