www.ziyouz.com kutubxonasi
259
berilgan imon uni gunohlardan qaytarmaydi, toatlarga targ‘ib qilmaydi. Chunki oriyatga
berilgan narsada tadbir yo‘qdir.
647. Anas ibn Molik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishi
aytdilar: "La-a ilaha illalloh jannatning qiymatidir". Boshqa xabarda: "jannatning
kalitidir", deyilgan.
Aytildiki: "La-a ilaha illalloh jannatning kaliti, lekin eshikni ochish uchun kalitning tishlari
bo‘lishi kerak. Uning tishlari g‘iybat va gunohlardan pok, Allohni zikr qiluvchi til,
hasaddan va g‘iybatdan qo‘rquvchi pok qalb, shubha va haromdan pok qorin va
gunohlardan pok xizmat bilan shug‘ullanadigan a’zolardir".
648. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, jannatga yaqinlashtiradigan,
do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan menga o‘rgating". Nabiy sollallohu alayhi
vasallam: "Agar yomon amal qilsang, orqasidan yaxshi amalni ham qil. Chunki
yaxshilikning savobi o‘n barobardir", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Rasulluloh, la-a
ilaha illalloh yaxshiliklardanmi?" "U yaxshiliklarning eng yaxshisidir", dedilar u zot.
649. Salama ibn Zayd Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Islom o‘chib
ketadi, hatto hech kim namoz nima, ro‘za nima, bilmaydi. Hatto bir kishi, bizlardan
oldingi qavm la-a ilaha illalloh, derdi, bizlar ham la-a ilaha illalloh, deb aytamiz", deydi.
"Ularning la-a ilaha illallohga nima hojatlari bor?" deyishdi u zotga. "U bilan do‘zaxdan
najot topadilar va jannatga kiradilar", deb uch marta takrorladilar Huzayfa (r.a.).
_____________
"La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari 632-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
633-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
634-hadis. Juda zaif. “Al-mezon”ga qarang.
635-hadis. Juda zaif. Abu Na’im “Sifatul-junna”da keltirgan.
636-hadis. Sahih. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
637-hadis. Sanadi topilmadi.
638-hadis. Avvalgi jumlasi sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
639-hadis. Zaif. Abu Na’im “Al-hulya”da keltirgan.
640-hadis. Ibn Javziy shunga o‘xshagan hadisni “Mavzu’ot”ga kiritgan.
641-hadis. Botil. Daylamiy rivoyat qilgan.
642-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.
643-hadis. “Kanzul ‘ummol”da keltirilgan.
644-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
645-hadis. Zaif. Abd ibn Hamid rivoyat qilgan. Oxiri sahih. Muslim rivoyat qilgan.
646-hadis. Sahih. 642-hadisning izohiga qarang.
647-hadis. Zaif.
648-hadis. Sanadida bir zaiflik bor. Ahmad rivoyat qilgan.
649-hadis. Sahih marfu’. Ibn Mojja rivoyati. Hokim sahih sanagan.