"Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar"
(Hijr, 2), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illalloh kalimasini aytgan kishilar do‘zaxdan
chiqarilganda kofirlar: "Koshki bizlar ham musulmonlardan bo‘lsak edik", deyishadi".
Ato aytadilar: "Alloh taolo:
"Kim yaxshilik bilan kelsa, bas uning uchun (yaxshiligidan) yaxshiroq mukofot
bo‘lur",
deb aytgan, ya’ni, kim la-a ilaha illalloh, desa, unga jannatdir.
"Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do‘zaxga tashlanur"
(Naml,
89-90), ya’ni, kim shirk bilan kelsa, u do‘zaxga tashlanadi".
Hasan Basriy
"Ehson – yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir"
(Rahmon, 60), oyati haqida
aytadilar: "La-a ilaha illallohning mukofoti jannatdir".
637. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamning oldilariga keldi va: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, Rabbingiz
sizga salom yubordi, u Zot aytdiki, nima uchun (sizni) xafa holda ko‘ryapman?" dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni qiyomat kunidagi ishini
fikrlayapman". Jabroil: "Ey Muhammad, kufr ahlining ishinimi yoki Islom ahlining ishini?"
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yo‘q, ey Jabroil, balki la-a ilaha illalloh
ahlining ishini aytyapman". Jabroil Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallamning
qo‘llaridan ushlab, Bani Salama qabristoniga olib bordilar. Bir qabrning chetiga o‘ng
qanotlarini urib: "Allohning izni bilan turgin", dedi. Qabrdagi o‘lik yuzlari oppoq bo‘lib
turdi va: "La-a ilaha illallohu Muhammadur-Rasullulloh, alhamdulillahi robbil ‘alamin",
dedi. Jabroil (a.s.) unga: "Qaytgin", dedi. Oldingi holatiga qaytdi. Keyin chap qanotlari
bilan urdi va: "Alloh izni bilan tur", dedi. Yuzlari qorayib, ko‘zlari ko‘karib ketgan kishi
turdi. U: "Vah, pushaymon, vah, hasrat, vah, yomon", derdi. Jabroil: "Qayt", dedi. U o‘z
holatiga qaytdi. So‘ng Jabroil aytdi: "U kalimada o‘lgan insonlar qiyomat kunida mana
shunday tiriladi".
638. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘liklaringizga la-a ilaha illallohni
sekin aytib turingiz. Chunki u gunohlarni parchalab tashlaydi". So‘radilarki: "Ey Allohning
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |