Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
255
633. Mutallib ibn Hantab Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Men va
mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning eng afzal so‘zi la-a ilaha illallohdir".
634. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga
Jabroil (a.s.) kelib:
"Yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda
(barcha odamlar) yolg‘iz va qudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunda
(qiyomatda) intiqom oluvchidir"
(Ibrohim, 47-48), oyatini tilovat qildi. Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda
bo‘ladilar?" Jabroil aytdi: "Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan
yerda bo‘ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib
oladilar. Har bir farishta: "Ey Alloh, faqat o‘zimizning nafsimizni Sendan so‘raymiz",
deydi. Tog‘lar esa titilgan jundek bo‘lib jahannamning qo‘rqinchidan osmonda uchib
yuradi. So‘ngra jahannam keltiriladi. U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish
ming arqoni bor, har bir arqonda yetmish mingta farishta bo‘ladi, keyin Alloh oldida
to‘xtaydi. Alloh taolo: "Ey jahannam, gapir", deydi. Jahannam aytadiki: "La-a ilaha
illalloh, Sening izzating va pokligingga qasamki, bugun Sen bergan rizqni yeb, boshqaga
ibodat qilgan kishidan, albatta, o‘ch olaman. Mening huzurimdan faqat o‘tish huquqi
bo‘lgan kishilargina o‘tadi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, qiyomat
kunidagi o‘tish nima?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a
ilaha illalloh kalimasini aytib, guvohlik bergan bo‘lsa, jahannam ko‘prigidan o‘tadi", dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasi
bilan ilhomlantirgan Zotga hamdu sano bo‘lsin".
Ato ibn Abu Raboh aytadilar: "Ibn Abbosdan
Dostları ilə paylaş: