www.ziyouz.com kutubxonasi
247
Faqih aytadilar: Bilginki, Allohni zikr qilish ibodatlarning afzalidir, chunki Alloh taolo
boshqa ibodatlar uchun miqdor va vaqtini tayin qildi. Ammo zikr uchun miqdor ham,
vaqt ham tayin qilmadi, ko‘paytiraverishni buyurdi.
"Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar" (Ahzob, 41), ya’ni, hamma holatda zikr
qilinglar.
"Hamma holatda zikr qilinglar", deganining tafsiri: Banda to‘rt holatdan birida bo‘ladi. Yo
toatda bo‘ladi, yoki gunohda, yoki ne’matda, yoki qiyinchilikda. Agar toatda bo‘lsa, unga
muvaffaq etgani uchun Allohni zikr qilmog‘i va uni qabul etishini so‘ramog‘i lozim. Agar
ma’siyatda bo‘lsa, Allohga duo qilib, bu ishdan tiyilmog‘i va Allohdan tavbasini qabul
qilishini so‘ramog‘i lozim. Agar ne’matda bo‘lsa, shukr bilan birga zikr qilmog‘i kerak.
Endi agar qiyinchilikda bo‘lsa, yana sabr bilan Allohni zikr qilishi lozim. Bilginki, Alloh
taoloning zikrida beshta maqtalgan xislat bordir:
1. Unda Allohni rizoligi bor.
2. U toatlarga rag‘batni ziyoda qiladi.
3. Unda shaytondan saqlanish bor.
4. U bilan qalb yumshaydi.
5. U kishini gunohlardan qaytaradi.
______________
Alloh taoloni zikr qilish haqidagi bob hadislari 596-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
597-hadis. Zaif. Sanadida illat bor. Ibn Muborak rivoyat qilgan.
598-hadis. Hasan. Asbahoniy rivoyat qilgan.
599-hadis. Isnodi topilmadi.
600-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziy, hasan-sahih-g‘arib, degan.
601-hadis. Muttafaqun alayh.
602-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
603-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
604-hadis. Hasan. Buxoriy “Tarixul-kabir”da rivoyat qilgan.
605-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.
606-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
607-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja, Hokim rivoyat qilgan.