Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
243
585-hadis. Mavzu’. “Al-mezon”ga qarang.
586-hadis. Zaif. Ibn Muborak rivoyat qilgan. Sanadida uzilish bor.
587-hadis. Hasan. Abu Na’im rivoyat qilgan.
588-hadis. Zaif.
589-hadis. Zaif. Bazzor, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
590-hadis. Juda zaif. “Az-zaifa”ga qarang.
591-hadis. Hasan. “As-sahiha”ga qarang.
592-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
593-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
594-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
595-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan.
ELLIK BIRINCHI BOB
ALLOH TAOLONI ZIKR QILISH HAQIDA
596. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: Kasir ibn
Murra Abu Dardodan (r.a.) eshitganlarini aytadilar: "Sizlarga amallarning yaxshirog‘ini,
Xojalaringizga sevimlirog‘ini, savob jihatidan ziyodasini, dushmanlaringizga g‘azot qilib,
ularning bo‘yniga urishlaringizdan, dirham va dinorlar berishdan yaxshirog‘ini xabar
beraymi?" dedilar Abu Dardo. "U nima amal, ey Abu Dardo?" deb so‘rashdi. Aytdilar:
"Allohni zikr qilish. Allohning zikri buyukdir".
597. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Amallarning qiyini uchtadir:
O‘zining nafsiga insof qilish; molda birodariga yordam berish va hamma vaqt Alloh
taoloni zikr qilish".
Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: "Odam farzandi Allohning azobidan najot beruvchi
Allohning zikridan bosh-qa amal qilgan emas". "Alloh yo‘lida jang qilish-chi?" deyishdi.
"Alloh yo‘lida jang qilish ham najot bermaydi, chunki Alloh taolo:
Dostları ilə paylaş: