www.ziyouz.com kutubxonasi
240
haqiqiy ibodat qila olmadik", deb aytishadi", dedilar".
Abu Maysaradan rivoyat qilinadi: U kishi ko‘rpasiga yotayotganlarida aytar ekanlar:
"Qani, meni onam tug‘masa edi". Xotinlari: "Ey Abu Maysara, Alloh sizga yaxshiliklar
bermadimi, Islomdek ne’matga sazovor qilmadimi?" desa, "To‘g‘ri, lekin Alloh taolo
bizlarning do‘zaxga kirishimizni bayon qildi-yu, undan chiqishimizni bayon qilmadi", der
ekanlar.
Fuzayil ibn Iyoz (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Men muqarrab farishta bo‘lishni ham,
payg‘ambar bo‘lib yuborilishni ham orzu qilmayman. Ular qiyomat kuni itobga
olinmaydilarmi? Men yaratilmaganimda edi, deb orzu qilaman".
Hakimlardan biri aytadi: "Xafalik ovqatdan tiyadi, xavf esa gunohlardan. Umid toatni
mustahkamlaydi, o‘limni eslash ortiqcha narsalarni tark etdiradi".
589. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo‘minning qalbi Allohdan
qo‘rqqanidan qaltirasa, xatolari daraxtning barglari tukilgan yanglig‘ to‘kiladi".
590. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: "Sizni ahlingiz kimlar, ey Allohning
elchisi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Qiyomat kunigacha taqvo qilgan har bir mo‘min
mening ahlimdir. Ogoh bo‘linglarki, mening do‘stlarim taqvodorlardir. Biringizning
biringizdan fazlingiz Allohga taqvo qilishingiz bilandir".
591. Hasandan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch
narsa najot beradi va uch narsa halok etadi. Halok qiluvchi narsalar – qattiq baxillik,
o‘zining orqasidan ergashtiruvchi havoyi nafs, kishining o‘z-o‘ziga ajablanishi. Najot
beruvchilar – g‘azab va rizolikda adolat qilish, tanglik va kenglikda iqtisod qilish, yashirin
va oshkora Allohdan qo‘rqish".
Rabi’ ibn Xusaymdan zikr qilinadi. U kishi kechasi bilan qo‘rqib yig‘lab chiqar edilar.
Onalari bu holatlarini ko‘rib: "Birontani o‘ldirdingmi?" deb so‘ragan edilar, "Ha", deb
javob qildilar. "Kim u? Uning yaqinlaridan afv so‘raymiz. Allohga qasamki, ular sening
ahvolingni bilsalar, senga rahm qiladi", dedi onalari. U kishi shunda: "Ey onajon,
nafsimni halok qildim", dedilar.
Faqih aytadilar: Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada ayon bo‘ladi.
1. Tilida, ya’ni, tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan tiyadi va Allohning zikri,
Qur’on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul qiladi.
2. Qornida, ya’ni, faqat halol narsani yeydi va hojati miqdorida yeydi.
3. Ko‘zida, ya’ni, haromga qaramaydi, dunyoga rag‘bat nazari qilmaydi, balki ibrat bilan
qaraydi.
4. Qo‘lida, ya’ni, uni haromga cho‘zmaydi. Balki qo‘lini Alloh toatidagi ishlarga uzatadi.
5. Oyog‘ida, ya’ni, Allohga gunoh ishlarda yurmaydi.
6. Qalbida, ya’ni, undan birodariga dushmanlik, g‘azablanish, hasad kabi illatlarni
chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat paydo qiladi.
7. Allohga toatda, ya’ni, toati Alloh yo‘lida xolis bo‘ladi. Riyo va nifoqdan saqlanadi.
Kim ushbu ishlarni qilsa, Alloh taolo aytgan kishilardan bo‘ladi: