"O‘zaro rahm-shafqatlidirlar" (Fath, 29).
Ular musulmonlarga va barcha maxluqlarga rahmlidirlar, zimmiylarga ham rahm
qiladilar, shunday ekan, qanday qilib musulmonlarga rahmli bo‘lmasinlar.
Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi zimmiylardan biri odamlar eshigi oldida tilanchilik
qilib yurganini ko‘rdilar. U qari chol edi. Umar (r.a.) unga: "Biz senga insof qilmadik.
Yoshligingda sendan jizya oldik, bugun esa tashlab qo‘yibmiz", dedilar va u kishiga
musulmonlarning baytul molidan ovqat berib turishni buyurdilar.
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Umarning (r.a.) yelkalarini qisib vodiy tomonga
yugurib ketayotganlarini ko‘rdim. U kishiga: "Ey amirul mo‘minin, qaerga ketyapsiz?"
dedim. U zot: "Zakot tuyalaridan bittasi qochibdi, uni izlab ketyapman", dedilar.
O‘zingizdan keyingi xalifalarni xor qildingiz", dedim. "Meni malomat qilmang, ey Abul
Hasan, – dedilar, – Muhammad sollallohu alayhi vasallamni haq bilan yuborgan Zotga
qasamki, agar bir uloq Furot daryosi sohiliga ketib qolsa, qiyomat kunida Umardan
so‘raladi. Musulmonlarni tashlab qo‘ygan hokimning, mo‘minlarni adashtirgan fosiqning
hurmati yo‘qdir".
577. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimning keyingilari namozi
va ro‘zasining ko‘pligi uchun emas, balki qalblarining rahmati, ko‘ngillarining salomatligi,
nafslarining saxovati va barcha musulmonlarga rahmdilligi bois jannatga kiradilar".
578. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Sening
ustingda musulmonlarning to‘rtta haqqi bor: Ularning yaxshilariga yordam berishing,
gunohlari uchun istig‘for aytishing, boshliqlarini duo qilishing va tavba qiluvchilarini
yaxshi ko‘rishing", dedilar.
579. Abu Ayyub (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday
deganlarini eshitdim: "Musulmonning musulmon birodari ustida olti xislat vojibdir. Agar
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy