Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
233
566. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Haromdan bir daniq (o‘lchov birligi
– muh.) qaytarish Allohning huzurida yetmishta mabrur hajdan afzaldir".
567. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Kim Alloh taoloning yuzi haqida so‘rasa, la’natlangandir. Kim Alloh taoloning
yuzi haqida so‘ralsa, so‘rovchini umuman so‘ramaydigan qilib qaytarsin.
Muslim
birodariga zarar bergan yoki makr qilgan kishi la’natlangandir. Yolg‘on gapirgan
la’natlangandir. Bir yilda bir poklanmaydigan mol la’natlangandir. Har yili bir kun baloga
yo‘liqmagan (sinalmagan) tan la’natlangandir, ya’ni, oyog‘i qoqilib yiqilmagan bo‘lsa,
musibat yetmagan bo‘lsa, kasal bo‘lmagan bo‘lsa, biron joy tirnalmagan bo‘lsa, ko‘z
og‘rimagan bo‘lsa".
568. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Alloh taolo Iso alayhissalomga vahiy qilib: "Ey Iso, bani Isroil jamoasiga ayt,
Men podshohlarning podshohiman, ularning qalblariga
qudratim bilan egalik qilib
turaman. Agar itoat qilishsa, podshohlarni ularga mehribon qilib qo‘yaman, agar Menga
osiylik qilishsa, podshohlarni ularga zulmkor qilib qo‘yaman, shunda ularni badduo qilish
bilan mashg‘ul bo‘lib qolmanglar,
balki Menga tavba qilinglar, ularni sizlarga shafqatli
qilib qo‘yaman", dedi".
569. Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Muhojirlardan
bittasining Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga hojati tushdi. U kishi bilan bir xoliroq
joyda uchrashmoqni xohladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Batho degan joydagi
lashkargohda edilar. U zot kechasi kelib, bomdodgacha aylanardilar,
keyin qaytib
ketardilar. So‘ngra bomdodni o‘qir edilar. Bir kuni aylanib bo‘lgach, muhojir kishi u
zotning oldilariga kelib, tuyalarini yuganidan ushladi va: "Ey Allohning elchisi, mening
sizda hojatim bor", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Meni qo‘y,
yaqinda hojatingga yetasan". Muhojir kishi bosh tortdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam ushlanib qolishdan qo‘rqib, uni qamchi bilan bir turtdilar.
Keyin bomdod namozini o‘qidilar. Bomdodni o‘qib bo‘lib, yuzlarini qavmga burdilar,
qavm atroflarida to‘plandi. "Boya men qamchi bilan turtgan kishi qaerda?" dedilar.
Keyin: "Agar qavmning ichida bo‘lsa, tursin", deb aytdilar. Haligi kishi: "Alloh
taolo bilan,
so‘ng payg‘ambari bilan panoh tilayman", der edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: "Yaqinroq kel, menga yaqin kel", dedilar. Yaqin keldi. Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam uning oldiga o‘tib, qamchini berdilar va: "Men urganimdek sen ham
meni qamchi bilan ur, mendan qasos ol", dedilar. Haligi kishi: "Allohdan payg‘ambarini
urishdan panoh tilayman", dedi. Payg‘ambar aytdilar: "Yegan tayog‘ingni ol, qasos ol,
buning zarari yo‘q". Muhojir yana: "Allohdan payg‘ambarini
tayoqlashdan panoh
tilayman", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kechir, yoki qasos ol".
U qamchini uloqtirib yuborib: "Kechirdim, ey Allohning elchisi", dedi. So‘ng Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey odamlar, Parvardigoringizdan qo‘rqinglar.
Qaysilaringiz mo‘minlarga zulm qilsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni o‘ch oladi".
570. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Allohga qasamki, qiyomat kuni
haqdor kishilarga haqlari to‘la-to‘kis ado qilinadi, hatto shoxli qo‘chqordan shoxsiz
qo‘chqorning ham haqqi olib beriladi".