Gunohlar haqidagi rivoyatlar bobi hadislari 553-hadis. Juda zaif. “Al-lison”ga qarang.
553a-hadis. Ibn Murdavayh, Abu Na’im rivoyat qilgan.
554-hadis. Zaif. Sanadida uzilish bor.
555-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
556-hadis. Zaif. Abu Na’im, Daylamiy rivoyat qilgan.
557-hadis. Muttafaqun alayh.
558-hadis. Sanadi topilmadi.
559-hadis. Yolg‘on. “Al-mezon”ga qarang.
560-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
561-hadis. Sanadi topilmadi.
QIRQ SAKKIZINCHI BOB ZULM HAQIDA 562. Faqih aytadilar: Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qilib aytadilarki: Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo zolimga muhlat berib qo‘yadi, agar uni tutsa,
hech ham qutula olmaydi", dedilar.
Ya’ni, Allohning tutishidan najot topolmaydi, keyin bu oyatni o‘qidilar:
"Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi – azobi alamli va qattiqdir" (Hud, 102).
563. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimki birodariga, uning moliga yoki
obro‘siga zulm yetkazgan bo‘lsa, dinor ham, dirham bo‘lmagan kunda undan olinmasdan
avval u bilan rozilashib olsin. Agar yaxshi amallari bo‘lsa, o‘sha zulmiga yarasha
yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshi amallari bo‘lmasa, zulm yetgan kishining
gunohlaridan olinib, unga beriladi, keyin u do‘zaxga tashlanadi".
564. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
"Ummatimning muflisini bilasizlarmi?" deb savol qildilar. "Muflis dirhami ham, dinori
ham, matosi ham bo‘lmagan kishidir", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilarki: "Ummatimning muflisi qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan keladi, shu
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy