Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
229
kichrayadi va uni kechiradi. Ammo gunohkor gunohini kichik sanasa, Alloh taolo nazdida 
u katta gunohga aylanadi. Chunki kichik gunohlar davom ettirish bilan kattaradi. 
Shuningdek, sahobalardan (r.a.) ham rivoyat qilinadiki: "Davomiylik bilan gunoh 
kichraymaydi, istig‘for so‘rashlik bilan katta bo‘lmaydi". 
Avvom ibn Havshabdan rivoyat qilinadi: "Gunohdan keyingi to‘rt narsa o‘sha gunohning 
o‘zidan-da yomondir: Uni kichkina sanash, g‘ururlanish, gunoh bilan xursand bo‘lish va 
davomiylik". 
Faqih (r.a.) aytadilar: 
"Kim chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biron yomon 
ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas"

(An’om, 160), degan oyat sizlarni aldab qo‘ymasin. Bu yerda qiyomat kuni yaxshilik 
bilan kelish shart qilinmoqda. Amal qilish oson, lekin uni qiyomat kuniga olib kelish 
og‘irdir. Agar yomonlik bitta bo‘lsa ham, unda o‘nta ayb bor. 
1. Agar banda biron gunoh qilsa, Allohni g‘azablantiradi. U zot hamisha uning ustida 
qodir zotdir. 
2. Alloh taologa yomon narsaga yaqin bo‘ladi, u ham bo‘lsa, o‘zining dushmani 
shaytondir. 
3. U yaxshi joylardan uzoqlashadi. U jannatdir. 
4. Yomon joylarga yaqinlashadi. U do‘zaxdir. 
5. O‘zi yaxshi ko‘rgan narsaga zulm qiladi. U nafsidir. 
6. Nafsini iflos qiladi. Uni Alloh pok holda yaratgan edi. 
7. Sheriklariga aziyat beradi. Ular o‘ng va chap yelkadagi farishtalardir. 
8. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni qabrlarida xafa qiladi. 
9. Nafsiga qarshi yerni, kunduz va kechani guvoh qiladi va bu bilan ularga ozor beradi. 
10. Odamlar va boshqa barcha maxluqotlarga xiyonat qilgan bo‘ladi. 
Odamlarga uning xiyonati shuki, u bironta kishiga guvohlik bersa, gunohi tufayli uning 
guvohligi qabul qilinmaydi va natijada bir do‘stining haqqini botil qiladi. Butun 
maxluqotlarga xiyonati esa, u gunohi bilan yomg‘irni kamaytiradi. Bu ishi butun borliqqa 
xiyonatdir. Sen gunoh qilishdan saqlan, zero gunohda shuncha ayblar mavjud, 
qolaversa, o‘zingning nafsingga zulmdir. 
Aytiladiki, baxillarning baxili o‘zining baxtli bo‘lishiga baxillik qilgan kishidir va 
zulmlarning kattasi Alloh taologa gunoh qilish bilan kishining o‘z nafsiga zulm qilishdir. 
Chunki kim gunoh qilsa, o‘z nafsini halok etgan bo‘ladi. 
Hakimlarning ba’zilari aytadilar: "Gunohdan saqlaninglar, chunki gunoh shumlikdir
uning shumligi manjaniqning 1 toshiga aylanadi. So‘ngra uni itoat devoriga otadi va 
devorni sindiradi. Keyin havoyi nafs shamoli kirib, ma’rifat chirog‘ini o‘chiradi". 
Ba’zi hakimlarga: "Bizlar ilmni eshitamiz, lekin undan foydalana olmaymiz", deyishdi. 
Aytdilar: "Besh xislat tufayli shunday bo‘ladi: 
1. Alloh sizlarga ne’mat berdi, unga shukr qilmaysizlar. 
2. Agar gunoh qilsangizlar, istig‘for so‘ramaysizlar. 
3. Ilmdan bilgan narsalaringizga amal qilmaysizlar. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin