www.ziyouz.com kutubxonasi
227
553a. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo Musoga (a.s.) shanba
kunini va bizlarga jumani bayram qilib berdi".
554. Muhammad ibn Ka’b Quzariy aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
minbarga chiqdilar, so‘ngra o‘ng kaftlarini ushladilar va: "Alloh taolo ahli jannatlarning
kitobini ism va nasablari bilan yozdi. Undan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi ham",
dedilar. Keyin chap kaftlarini ushlab, aytdilar: "Alloh taolo boshqa kitobda do‘zax
ahllarining ism va nasablari bilan yozdi, ulardan ziyoda ham bo‘lmaydi, kamaymaydi
ham. Saodat ahli bo‘lgan ba’zi kishilar baxtsizlarning amallarini qiladi, hatto ularni ham
o‘shalardan deb o‘ylashadi, balki ular o‘limlari oldidan tuyaning o‘kirishicha vaqt bo‘lsa
ham, baxtlilarning amalini qilishadi, so‘ngra Alloh taolo taqdiri azaliysi bilan ularni
baxtsizlikdan saodatmandlikka o‘tkazib qo‘yadi. Badbaxtlar ahli saodatlar amalini
qiladilar, hatto o‘lim topadilr. Tuyaning o‘kirishicha bo‘lsa ham (yomon amal qiladilar).
Bas, saodatli Alloh taoloning qazosi ila saodatlidir, badbaxt Alloh taoloning qazosi ila
baxtsizdir, amallar xotimasiga ko‘ra baholanadi".
555. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajjatul
vado’da aytdilar: "Sizlarga mo‘min, muslim, mujohid va muhojir kimligining xabarini
beraymi? Odamlarning jonlari va mollari undan salomat bo‘lgan kishi – mo‘min; odamlar
uning tilidan, qo‘lidan salomat bo‘lgan kishi – muslim; Alloh taologa itoatda o‘z nafsi
bilan jihod qilgan kishi – mujohid; gunoh va xatolarni tark qilgan kishi – muhojir".
Abu Dardo aytadilar: (r.a.) "Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilinglar va o‘zlaringizni
o‘liklardan sananglar. Bilinglarki, sizlarni ozgina narsa boy qilishi ko‘p narsalarni yaxshi
ko‘rib, unga yugurishdan yaxshiroqdir. Bilinglarki, yaxshilik eskirmaydi, gunoh
unutilmaydi".
556. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot
aytdilarki: "Yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi. Hukm qiluvchi foniy bo‘lmaydi.
Xohlaganingdek bo‘l, qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan".
Faqih (r.a.) aytadilar: "Qanday dinlansang, shunday hukm qilinasan", degan so‘zlarining
ma’nosi agar yaxshi amal qilsang, yaxshilik savobini olasan, agar yomon amal qilsang,
qiyomat kuni yomonlik bilan "mukofotlanasan", deganidir.
Alloh taoloning so‘zi: