Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
230
4. Yaxshilarga qo‘shilasizlar, lekin ularga ergashmaysizlar. 
5. O‘liklarni ko‘masizlar, ammo undan ibrat olmaysizlar". 
559. Faqih (Alloh u zotni rahmat qilsin) aytadilar: Otamning bunday deganlarini 
eshitdim: "Har kuni osmondan beshta maloika tushadi. Bittasi Makkaga, ikkinchisi 
Madinaga, uchinchisi Baytul Maqdisga, to‘rtinchisi musulmonlarning qabrlariga, 
beshinchisi musulmonlarning bozorlariga tushadi. 
Makkaga tushgan maloika, ogoh bo‘linglar, kim Allohning farzlarini tark etsa, Alloh 
taoloning rahmatidan chiqadi, deb nido qiladi. Madinada tushgani aytadiki, ogoh 
bo‘linglar, kim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini tashlasa, u zotning 
shafoatidan mahrum bo‘ladi. Baytul Maqdisga tushgani nido qiladiki, ogoh bo‘linglar, kim 
haromdan mol kasb qilsa, boshqa amallarini qabul qilmaydi. Qabristonga tushgan, ey 
qabr egalari, nimaga havas qilasizlar va nimaga pushaymon yeysizlar, deb nido 
qilganida, o‘tkazib yuborgan umrimizga pushaymon yeymiz, Allohning kalomini 
o‘qiyotgan, ilmlarda muzokaralar qilayotgan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga 
salovotlar aytayotgan va gunohlari uchun istig‘for so‘rayotgan odamlarga xursand 
bo‘lamiz, biz esa, ulardan hech qaysisiga qodir emasmiz, deb aytishadi. Bozorlarga 
tushadigani nido qiladiki, ey odamlar, shoshmanglar, shoshmanglar, Allohning qudrati 
va o‘ch olishi bor, kim Allohning qudrati va o‘ch olishidan qo‘rqsa, o‘zining jarohatiga 
da’vo topsin, toki gunohlariga tavba qilguncha, sizlarni ko‘p uyg‘otdik, uyg‘onmadinglar 
va ko‘p qo‘rqitdik, qo‘rqmadinglar, agar Allohdan qo‘rquvchi odamlar va emizikli bolalar 
bo‘lmaganida, hayvonlar o‘tlab yurmaganida, ruku’ qilib turgan chollar bo‘lmaganida 
sizlarga azob tashlanardi". 
560. Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar alayhissalom: "Ey Oyisha, 
gunohlarni kichik ko‘rishdan saqlan, chunki uning ham Alloh tarafidan bir so‘rovchisi 
bor", dedilar. 
Aytadilarki, kichkina gunohlarning misoli kishi yiqqan mayda o‘tinlarga o‘xshaydi. 
So‘ngra u kishi o‘t yoqadi. 
Yana aytiladiki, Tavrotda, kim yaxshilikni eksa, salomatlikni o‘rib oladi, deb, Injilda, kim 
yomonlikni eksa, pushaymonni o‘rib oladi, deb yozilgan. Bu so‘z Qur’onda: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin