Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
238
Shaqiq Zohid aytadilar: "Agar bir kishining yomonligini zikr qilsang va unga rahming 
kelmasa, o‘sha holda sen undan yomonroqsan. Agar yaxshi kishini zikr qilib, qalbingda 
Allohga itoatning halovatini topmasang, yomon odamsan". 
Molik ibn Anas aytadilar: "Iso alayhissalomning bunday deganlarini eshitdim: Allohning 
zikridan boshqa kalomni ko‘paytirmanglar, qalblaring qattiq bo‘ladi. Qattiq qalb Allohdan 
uzoq bo‘ladi, lekin bilmaysizlar. Birovlarning ayblariga arboblardek qaramanglar. Balki 
o‘zlaringizni quldek bilib qaranglar. Odamlar ikki qismdir: Balolangan va kechirilgan. 
Balolanganga rahm qilinglar, ofiyat uchun Allohga hamd aytinglar". 
Abu Abdulloh Shomiydan rivoyat qilinadi: "Tovusning huzuriga kirishga ruxsat so‘radim. 
Bir qari kishi chiqdi. "Siz Tovusmisiz?" deb so‘radim. "Yo‘q, men o‘g‘liman", dedi. "Agar 
siz o‘g‘li bo‘lsangiz, u kishi qarib, aqli kamayib qolgandir", dedim. "Olimning aqli 
kamaymaydi", deb javob qildi o‘g‘li. Keyin u kishining oldilariga kirdim. "So‘ra, lo‘nda 
javob beraman", dedilar. "Qisqa aytsangiz, men ham qisqa aytaman", dedim. "Agar 
xohlasang, – dedilar, – senga Tavrotni, Injilni, Furqonni uch kalimada jam qilib 
beraman?" "Xohlayman", dedim. "Allohdan qo‘rq, Undan boshqadan Undan qo‘rqqandek 
qo‘rqma; Undan umid qil va umiding Undan qo‘rqishingdan ustun bo‘lsin; boshqaga 
o‘zing yaxshi ko‘rgan narsangni yaxshi ko‘r", deb aytdilar". 
Ammor ibn Yosir (r.a.) aytadilar: "Kim uch narsani jam qilsa, imonning hammasini jam 
etibdi: Kambag‘allikda infoq-ehson qilish, insofli bo‘lish va odamlar orasida salomni 
yoyish". 
Umar ibn Abdulaziz (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Allohga sevimli ishlar uchtadir. 
Birinchisi – o‘ch olishga qodir bo‘lgan vaqtda kechirish; ikkinchisi – g‘azabi kelganda 
o‘zini bosish; uchinchisi – Allohning bandalariga yumshoqlik qilish, kim Allohning 
bandalariga yumshoqlik qilsa, unga ham yumshoqlik qilinadi". 
Hisham Hasandan rivoyat qiladilar: "Alloh taolo Odam alayhissalomga vahiy qildi: "Ey 
Odam, to‘rt narsani o‘zing va zuryodlaring uchun jam qil. Bittasi Menga, bittasi o‘zingga, 
bittasi sen va Mening oramda, bittasi sen va odamlar orasida. Men uchun bo‘lgani – 
Menga ibodat qilib, boshqani sherik qilmasliging; o‘zing uchun bo‘lgani – amaling, seni u 
bilan muhtoj bo‘lganingda mukofotlayman; Men bilan sening orangdagi – sening duo 
qilishing, Mening qabul etishim; sen bilan odamlar orasidagi – ularga o‘zingga qanday 
do‘st bo‘lishlarini xohlaganing kabi do‘st bo‘l". Alloh bilguvchiroqdir. 
____________ 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin