Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
239
ELLIGINCHI BOB
ALLOH TAOLODAN QO‘RQISH HAQIDA
585. Said ibn Musayyab aytadilar: "Umar, Ubay ibn Ka’b va Abu Hurayra (r.a.)
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirishdi. Va Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamga: "Ey Allohning rasuli, odamlarning ilmlirog‘i kim?" deb savol berishdi. "Aqlli
kishi", dedilar. "Odamlarning obidrog‘i kim?" deb so‘rashdi. Yana: "Aqlli kishi", dedilar.
"Ey
Allohning elchisi, odamlarning afzali kim?" deyishdi. Tag‘in: "Aqlli kishi", dedilar. "Ey
Allohning rasuli, aqlli kishi odamiyligi komil bo‘lgan, fasohati zohir etgan, saxiyligi
ko‘paygan va martabasi ulug‘ kishi emasmi?" deyishdi keyin. Payg‘ambar
sollallohu
alayhi vasallam aytdilar:
"Barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida
taqvodor zotlar uchundir"
(Zuxruf, 35). Aqlli kishi taqvodor kishidir, garchi dunyoda
past sanalsa ham".
Ya’ni, taqvodor shunday zotki, u ham Allohdan qo‘rqadi, ham gunohlaridan qo‘rqadi.
Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo‘rqinch
va umid alomatini bilsa, u
ishonchli ishni ushlabdi. Qo‘rqinch alomati – Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish.
U umid etish alomati – Alloh taolo buyurganlarini qilish".
Aytilishicha, xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati – amalingizning Allohni rozi
qiladigan bo‘lishi, qo‘rqinch alomati – Alloh man qilgan narsalardan qaytishingiz.
Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Hazrati Umarga (r.a.) suiqasd qilinganda: "Ey
amirul mo‘minin, odamlar kofirligida musulmon bo‘ldingiz. Odamlar o‘zini chetga
olganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga jang qildingiz. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida sizdan rozi bo‘lib ketdilar. Sizga hech qachon
ikki kishi muxolif bo‘lmadi. Shahid bo‘lib, jon beryapsiz", dedilar. Shunda Umar (r.a.)
aytdilar: "Fururlanuvchi sizlar g‘ururlantirgan kimsadir.
Allohga qasamki, agar quyosh
nuri yetgan barcha narsa meniki bo‘lsa, ularni qiyomat kunidagi qo‘rqinchga fido qilib
yuborar edim".
586. Hasan Basriy Jobirdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan
rivoyat qiladilar: "Mo‘min ikki qo‘rqinch orasidadir: O‘tgan
umrini Alloh nima qilishini
bilmaydi va qolgan umriga qanday taqdir bitganini ham bilmaydi. Banda nafsidan nafsi
uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga
qasamki, o‘limdan keyin tanbeh yo‘qdir, dunyodan keyingi hovli yo jannat, yo do‘zaxdir".
587. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh azza va jalla deydi: "Izzatim va
buyukligimga qasamki, ikkita qo‘rquv va ikkita xotirjamlikni bandamda jam qilmayman.
Kim dunyoda Mendan qo‘rqsa, oxiratda uni xotirjam qilaman.
Kim dunyoda xotirjam
bo‘lsa, qiyomatda uni qo‘rqitaman".
588. Ammor ibn Mansur (r.a.) rivoyat qiladilar: "Adiy ibn Arta’aning minbarlari tagida
edim. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘rtamizda bo‘lgan gapni aytib
beraymi?" deb qoldilar. Odamlar: "Ha", deyishgach, aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam: "Alloh taolo yaratgan kundan boshlab, qiyomatgacha yettinchi osmonda
sajda qiluvchi maloikalar bordir. Ularning tizzalari Allohdan qo‘rqqanidan qaltirab turadi.
Qiyomat kuni bo‘lsa, ular boshlarini (sajdadan) ko‘tarib, ey pok Parvardigor,
Senga