Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
244
foydaning ortiqchasini xo‘jayinining dushmaniga bera boshladi. Xo‘jayiniga esa
ozginasini berdi. Bunday qul qaysilaringizni rozi qiladi?" So‘ngra ularni namozga
buyurdilar va bunga quyidagicha zarbulmasal qildilar: "Salotning o‘xshashi, bir kishi
podshohning oldiga kirishga ruxsat so‘radi. Ruxsat berishdi, kirdi. Podshoh uning so‘zini
eshitish va hojatini bajarish uchun unga o‘girildi. U esa, o‘ngga, chapga alanglayverdi,
hojatiga e’tibor qilmadi. So‘ng podshoh ham undan yuz o‘girdi va hojatini bajarmadi".
Keyin ularga ro‘zani buyurdilar va bunday masal keltirdilar: "Ro‘zadorning o‘xshashi,
kishi urushga borish uchun jubba kiydi. Qurolini oldi, lekin dushmani kelmadi.
Dushmanning quroli unga qarshi ishlamadi". So‘ng ularni sadaqaga buyurdilar va
quyidagicha masal qildilar: "Bir kishini dushman asir oldi. o‘zini ulardan ma’lum pulga
sotib olib, ularning shahrida ishlay boshladi, ularga olgan foydasidan ozgina berib turdi,
shunday qilib ulardan o‘zini batamom ozod qildi". So‘ngra ularni Allohning zikriga
buyurdilar va bu xususda quyidagicha misol qildilar: "Zikrning o‘xshashi, bir qavmning
qo‘rg‘oni bor. Ularga dushman bostirib kelsa, qo‘rg‘onlariga kirib, eshiklarni qulflaydilar
va o‘zlarini dushmandan himoya qiladilar".
Muhammad Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham aytdilarki: "Alloh taolo Yahyoga
(a.s.) buyurgan bu besh narsani sizlarga men ham buyuraman va yana menga Alloh
buyurgan beshta boshqa xislatni amr etaman. Jamoatni mahkam ushlanglar, quloq
osinglar, itoat etinglar hijrat qilinglar, harakat qilinglar, kim johiliyat duosi bilan duo
qilsa, u jahannamdagi tepalik ustidadir".
Ubaydulloh ibn Umayr aytadilar: "Kim alhamdulillah, desa, unga osmon eshiklari
ochiladi. Takbir aytsa, yer va osmon orasini to‘ldiradi. Alloh taologa tasbeh aytsa, uning
savobi qanchaligiga hech kimning ilmi yetmaydi, Allohdan boshqa".
601. Alloh taolo (hadisi qudsiyda) aytadi: "Agar bandam Meni nafsida zikr qilsa, Men
ham uni nafsimda zikr qilaman. Agar Meni bir o‘zi zikr qilsa, uni Men ham bir o‘zim zikr
qilaman va agar jamoat ichida Meni zikr qilsa, Men uni undan yaxshiroq va hurmatliroq
jamoat ichida zikr qilaman".
Yana Ibn Umayr aytadilar: "Kim boshini to‘shakka qo‘yganda Allohni zikr qilsa, keyin shu
holatda uxlab qolsa, to uyg‘ongunicha uni zikr qiluvchi deb yoziladi".
Faqih aytadilar: Zikr Alloh taolodan afv va mag‘firat demakdir. Agar banda Allohni zikr
qilsa, Alloh taolo uni mag‘firat bilan zikr qiladi.
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Zikr ikki zikr orasida, Islom ikki shamshir orasida,
gunoh ikki farz o‘rtasidadir".
"Zikr ikki zikr orasida", deganlarining ma’nosi, agar bandani Alloh tavfiq bilan zikr
etmasa, u Allohni zikr qilishga qodir bo‘lmaydi va banda Allohni zikr qilsa, Alloh uni
mag‘firat bilan zikr qiladi. "Islom ikki qilich orasida", degan so‘zlarining ma’nosi,
musulmon bo‘lguncha kurashiladi, musulmon bo‘lgandan keyin qaytsa, o‘ldiriladi.
"Gunoh ikki farz orasida", deganlarining ma’nosi, bandaga gunohdan saqlanish farzdir,
agar gunoh qilib qo‘ysa, tavba qilmog‘i farz bo‘ladi.
Ibn Abbos (r.a.) Alloh taoloning:
Dostları ilə paylaş: