Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
287
yaxshilik yomon ko‘rgan narsamdami yoki yaxshi ko‘rgan narsamdami, qaysisida ekanini
bilmayman”.
729. Matlab ibn Xontabdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo
buyurgan narsalarning
hammasini sizlarga buyurdim, birontasini tark qilmadim, Alloh
qaytargan narsalarni ham qoldirmay aytdim. Ogoh bo‘linglar, Jabroil har bir jon o‘ziga
yozilgan narsalarni olmasdan turib o‘lmasligini qalbimga soldi. Kimda mana shu
(yozilgan)lardan biron narsa kechiksa, uni chiroyli talab qilsin.
Chunki sizlar Alloh
huzuridagi narsaga uning mislicha bo‘lgan toat bilan erisholmaysizlar”.
730. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimni
odamlarning kuchlisi bo‘lish xursand qilsa, Allohga tavakkal qilsin. Kimni odamlar ichida
taqvodor bo‘lish xursand qilsa, Allohdan taqvo qilsin. Kimni odamlarning boyrog‘i bo‘lish
xursand qilsa, Allohning huzuridagi narsaga bo‘lgan ishonchi qo‘lidagi narsaga bo‘lgan
ishonchidan kuchliroq bo‘lsin”.
Dovuddan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi o‘g‘illari Sulaymonga (alayhissalom)
aytdilar: “Ey o‘g‘lim, kishining taqvodorligiga uch narsa dalolat qiladi: yetishmagan
narsasida Allohga
chiroyli tavakkal qilish, yetishgan narsasiga chiroyli rozi bo‘lish va
ketgan narsasiga chiroyli sabr qilish”.
Abu Munti’ Balxiydan zikr qilinadi. U kishi Hotamul Asamga (Alloh ikkovlaridan ham rozi
bo‘lsin) aytdilar: “Menga sizning sahrodan hech bir zahirasiz, Allohga tavakkal qilib
o‘tishingiz ma’lum bo‘ldi”. “Yo‘q, zaxira bilan o‘taman, – deb javob qildilar Hotam, –
mening to‘rtta zaxiram bor”. “Ular qanaqa narsalar?” deb so‘radilar. Aytdilarki:
“Dunyoning hamma joyini
Allohning mamlakati bilaman, maxluqotlarning barchasini
Allohning boqimondasi bilaman, barcha sabab va rizqlarni Allohning qudratidan
bilaman, Allohning qazosini hamma yerda amalga oshuvchi bilaman”. Abu Muti’ aytdilar:
“Ey Hotam, sizning zaxirangiz qanday yaxshi ekan. Siz bular bilan, dunyo
sahrosi nima
bo‘libdi, oxirat sahrosidan ham o‘tib ketasiz”.
Zikr qilishlaricha, bir kishi Shaqiqning oldlariga kelib: “Menga nasihat qiling”, dedi.
Shaqiq aytdilar: “Uch narsani saqla: Allohga ibodat qil, U seni sobitqadam qiladi.
Allohning dushmani bilan urush, Alloh senga yordam beradi. Allohning va’dasini tasdiq
qil, U va’dani senda ro‘yobga chiqaradi”.
731. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Agar
ilm ahllari ilmlarni saqlab, uni ahliga
sarflaganlarida, zamondoshlarining hammasi baxtli bo‘lardi. Lekin ular ilmni dunyo
ahllariga ularning dunyosiga ega bo‘lish uchun sarfladilar va uning (ilmning) ahliga
beparvo bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Kimning g‘ami bitta (ya’ni, oxirat g‘ami)
bo‘lsa, Alloh taolo uning dunyoviy ishlariga kifoya bo‘ladi. Kim dunyo ishlarini muhim
bilib, shug‘ullanib qolsa, jahannamni qaysi vodiysida halok bo‘lishiga,
qaysi vodiysida
azoblanishiga Alloh taolo parvo qilmaydi”, deganlarini eshitganman”.
Aytishlaricha, Tavrotda bir narsa yozilgan: “Qo‘lingni harakatlantir, rizqing keng bo‘ladi,
senga buyurgan narsalarimga itoat qil va seni isloh qiluvchi narsa haqida menga
o‘rgatma”.
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Islom to‘rtta narsaning